26.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
26.09.2026, 01:50
Maqolalar 👁 238

AYoL-QIZLARDA ILOHIY QUDRAT, MEHR-OQIBAT BOR

AYoL-QIZLARDA ILOHIY QUDRAT, MEHR-OQIBAT BOR

Qishloqqa enamni koʻrgani bordik. Endi omonlik soʻrashib turgan edik, qoʻshni uydan shovqin-suron eshitilib qoldi. Doyilarim bir-biriga maʼnoli qarab olib, bizlarni ichkariga boshladi. Oldimizga dasturxon yozilib, choy keldi. Boyagi shovqin tinmadi. Oxiri enam qoʻshni hovliga ketdi.

“Ne gap” deganday Abdulla doyimga qaradim. “Qoʻshnimiz ichib olib, quturib yurib, oʻzi bosiladi. Onam hozir tinchitib keladi”, dedi. Men “mast boʻlsa, enamga zarar berib yurmasin, boraylik”, dedim.

– Yoʻq, qoʻshni oʻzi yomon odam emas, har vaqt ichsa,  shunday hunar koʻrsatib turadi. Uning oʻgʻli yoʻq, shunga siqilsa kerak. Oʻzi oʻqituvchi, bizlarni ham oʻqitgan, uch qizi bor. Hayron qolaman, uch qiz bergan Xudo oʻgʻil ham berar axir?. Qiz farzand emasmi? Qizning tirnogʻiga zor odamlar bor. Olim boʻlib, odam boʻlmagan inson-a, bilsang – qiz uyning farishtasi. Shunday qizlar bor – oʻn oʻgʻilga tatiydi. Otalariga oʻgʻil olib bermagan rahmatlarni olib beradi, – dedi doyim.

“Bekajon” gazetasi bir tanlov tashkil qilgan ekan. Har bir farzand  otalari haqida yozish kerak. Juda xayrli ish. Natijasini oʻqib koʻrsam, 98 foiz ishtirokchi qizlar oʻz otalaridan buyuk fazilatlar topib, toʻlib-toshib iftixor bilan yozgan. Nega qizlarchalik oʻgʻil bolalar otalarini yaxshi koʻrmaydi? Qiz ota-onaga mehribon boʻladi. Aka-ukalarini qadrlaydi. Hayotni kuzatsangiz – shunday hodisalar koʻp.

Nukusdan qaytayotgan edik. Qipchoqqa kelganimizda, bir ayol qoʻl koʻtardi. Akam mashinani toʻxtatdi. “Opa yomgʻirda yoʻlga chiqibsiz-ov”, dedi akam. Ayol:

– Akamning bolalaridan xabar olib kelayapman, checham oʻtib qoldi. Olti bola yetim qoldi. Hafta-oʻn kunda kelib non yopib, kir-chirlarini yuvib ketaman. Bugun sal kech qoldim. Hali bolalarimni bogʻchadan olishim kerak edi, – dedi u qimtinib. Opani bogʻcha hovlisigacha olib borib qoʻydik. Oʻylayman, xotini qazo qilgan akaning akasi bordir, inisi bordir, ular ham shu yupungina kiyingan singilga shunday fidoyilik qila olarmikin?

Bir kuni sud binosi oldiga borib qoldim. Bir toʻda odamlar turardi. Ular ichida bir ayol eʼtiborimni tortdi. “Akamni nohaq qamashdi, bu tuhmat”, deb duch kelgan odamga osilib yigʻlayapti. Tushundim. Akani sudlashayapti, singil uchun aka aybsiz. Bilsam, aka pora bilan qoʻlga tushgan ekan.

Shahar markazidan doʻkon solish uchun sotuvga qoʻyilgan bir yerga aka-uka talabgor boʻlib qolibdi. Yer ukaga rasmiylashtirilibdi. Agar shu yer uka emas, opa yo singilga tekkanida darrov akaga inʼom qilgan boʻlar edi. Akam orqamdagi suyanchigʻim, suyangan togʻim, akam doʻkon solib, kerilib yursa, men quvonaman, degan boʻlardi. Bu mening fikrim.

Azizlar, inson umri qisqa, oʻlchogʻlik. Nega shu qisqa umrda bir-birimizni asramaymiz, borimizni tugʻishganimizga ravo koʻrmaymiz? Aslida ayol-qizlarni ojiza deymiz-u, ulardagi mehr-oqibatdan, qudratdan biz erkaklar oʻrnak olishimiz kerak!

Xumoyun AHMEDOV.    

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026