OV QUROLLARINI SAQLAŞ TARTIBI TUŞUNTIRILDI
Mamlakatimiz hududida ov qurollarini saqlaş va olib yuriş uçun ovçilik, baliqçilik va sport jamiyatiga aʼzo bölgandan söng, içki işlar bölimlari tomonidan ruxsatnoma beriladi. Ovçilik, baliqçilik va sport jamiyatiga aʼzo bölmasdan hamda içki işlardan ruxsatnoma olmasdan turib, har qanday öq-dori va qurollarni saqlaş noqonuniydir.
Fuqarolarning öz xonadonida noqonuniy ravişda ov miltiqlarini saqlaşi ham jinoyatdir. Noqonuniy qurol saqlaş qonunga zid bölişi bilan birga inson hayoti uçun öta xavfli vosita sanaladi. Bunday qoidabuzarliklar Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi böyiça jinoiy javobgarlikka tortilişiga sabab böladi.
Şu sababli joylarda fuqarolarga tegişli bölgan qurollarning saqlanişi va ulardan foydalanilişi ustidan nazoratni kuçaytiriş, qurol bilan boğliq turli noxuş holatlarning oldini oliş maqsadida Özbekiston Respublikasining 2019-yil 29-iyuldagi “Qurol töğrisida”gi Qonuni, Prezidentimizning 2020-yil 8-apreldagi tegişli Farmoni hamda Içki işlar vazirligining tegişli körsatmalariga asosan muntazam ravişda tarğibot tadbirlari ötkazilib boriladi. Vazirlar Mahkamasining “Qurol muomalasi sohasida ruxsat beriş tartib-taomillarini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori, Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligining tegişli körsatmalari ijrosini taʼminlaş maqsadida 5-15-mart kunlari oraliğida ham “Arsenal” maxsus profilaktik tadbiri ötkazildi.
Tuman Içki işlar bölimi tomonidan taşkil etilgan mazkur profilaktik tadbirlar jarayonida fuqarolarning ov qurollarini saqlaş va ulardan foydalaniş tartib-qoidalariga rioya qiliş holati nazorat tartibida örganib çiqildi. Tadbir davomida tumandagi 377 nafar ov quroliga ega bölgan fuqarolarga tegişli bölgan 441 ta ov qurollarining saqlaş tartibi tekşirildi. Bu borada qoidabuzarlikka yöl qöygan fuqarolarga nisbatan belgilangan tartibda çoralar körilib, aniqlangan kamçiliklarning joyida bartaraf etilişi taʼminlandi.
Maʼlumki, qurol, öq-dorilar, portlovçi moddalar yoki portlatiş qurilmalariga qonunga xilof ravişda egalik qilganlik uçun Özbekiston Jinoyat kodeksining 248-moddasi birinçi qismiga köra, eng kam oylik iş haqining ellik baravarigaça miqdorda jarima yoki olti oygaça qamoq, ikki yildan beş yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazolari nazarda tutilgan. Mazkur moddaning ikkinçi qismiga köra, öşa harakatlar takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bölsa, beş yildan ön yilgaça, öqotar qurolni, öq-dorilarni, portlovçi moddalarni yoki portlaş qurilmalarini ötkaziş esa, ön yildan yigirma yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi. Uşbu moddada nazarda tutilgan buyumlarni öz ixtiyori bilan topşirgan şaxs javobgarlikdan ozod qilinadi.
14-mart kuni “Arsenal” maxsus profilaktik tadbiri doirasida Bözyop ovuli hududidagi 12 nafar fuqarolarning xonadonlariga borilib, ularga tegişli ov qurollarining saqlaniş holati tekşirildi. Tekşirişlar davomida ov quroli Içki işlar bölimida röyxatda turgan bir nafar fuqaroning işlaş uçun uzoq muddatga çet elga ketganligi aniqlanib, unga tegişli bölgan ov quroli vaqtinça saqlaş uçun tuman Içki işlar bölimiga olib ketildi. Şuningdek, yana bir ov quroliga ega bölgan fuqaro vafot etganligi sababli unga tegişli bölgan ov quroli ham Içki işlar bölimiga keltirildi. Undan taşqari, şu ovulda yaşovçi yana bir fuqaro otasiga tegişli bölgan eski hovlini buzayotganida paxsa devor orasidan ov quroliga tegişli bölgan bir qismni topib olganinini maʼlum qilib, profilaktika inspektoriga topşirdi.
Fuqarolar qölida noqonuniy saqlanayotgan öq-dori va qurollar töğrisida huquqni muhofaza qiluvçi organlarga axborot berişlari zarur. Bunday holatlarda fuqarolarning ismi-şariflari sir saqlanişi kafolatlanadi. Bu orqali Vatanimiz tinçligiga va turli noxuş holatlarning oldini olişga munosib hissa qöşilgan böladi.
K.Tajiboyev, tuman Içki işlar bölimi JTSB inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶