21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 10:00
Fan va taʼlim 👁 3,096

Oddiy qishloq maktabining Chexiyadagi sobiq oʻquvchisi

Oddiy qishloq maktabining Chexiyadagi sobiq oʻquvchisi

Mustaqillik yillarida umumtaʼlim maktablarida oʻquvchi-yoshlarga taʼlim-tarbiya berishning oʻziga xos milliy tizimi shakllandi. Yangi innovatsion pedtexnologiyalarning sohaga izchil joriy etilishi, "Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun va Milliy Dastur asosida ishlab chiqilib, yangidan yaratilgan maktab darsliklari hamda barcha fanlar boʻyicha yetuk olimlar tomonidan tavsiya etilayotgan qoʻshimcha adabiyotlar nainki oʻquvchining, balki oʻqituvchilarning ham oʻz ustlarida tinimsiz ishlab, izlanishlari uchun zamin yaratdi. Oʻrta umumtaʼlim tizimidagi bunday yangilanish jarayoni tufayli sobiq tuzum davriga xos boʻlgan "shahar maktabi va qishloq maktabi”, degan ayricha qarashlarga barham berildi. Shak-shubhasiz aytish mumkinki, bugungi kunda mamlakatimizda shahar va qishloq maktabi oʻrtasida umuman farq qolmadi.

Tumanimizning "Namuna” mahallasi hududida joylashgan 49-sonli qishloq maktabi 1960-yilda boshlangʻich maktab sifatida oʻz faoliyatini boshlagan. Maktabning tashkilotchisi va birinchi direktori (rahmatlik) Sher ogʻa Qalandarovning fidoyiliklari, mahalliy rahbarlarning va "Olang ovul” aholisining beminnat homiyliklari bois, hashar yoʻli bilan qurilgan maktab to 1980-yillargacha boshlangʻich maktab sifatida ovul yoshlarining sevimli ilm maskaniga aylandi. 1980-yilda sakkiz yillik, 1996-yilda esa oʻrta umumtaʼlim maktabi maqomini olgan mazkur ilm dargohida ovul yoshlariga taʼlim-tarbiya berib, mustaqil hayotga yoʻllagan aziz insonlar Sher ogʻa Qalandarov, Rahimboy Qurboniyozov, Jumamurod Annasafarov, Oʻrolboy Tojiboyev, Erman Xudoyberganov, Madrahim Oʻrozaliyev, Paraxat ogʻalarning nomlarini bugungi "olang ovul”liklar alohida ehtirom billan tilga olishadi. Qoʻshan Ibodullayev, Soliy Xalillayev, Baxtiyor Atiyazov, Norimmat Eshimbetov va Jabborbergan Atiyazovlarning sinflarida tahsil olgan maktabning sobiq oʻquvchilari nafaqat tumanimiz, balki mamlakatimiz ishlab chiqarishining turli jabhalarida fidoyi mehnat qilishmoqda. Maktabning sobiq oʻquvchilaridan biri Ikromjon Tojiboyevning nomi bugungi kunda jahon fizik olimlariga yaxshi tanish. Ikromjon bugungi kunda Mirzo Ulugʻbek nomidagi OʻzMUning fizika fakulteti dekani, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.

- Rustam Sherov, Komiljon Annasafarov, Shomurod Qurboniyozov Roʻzimboy Nurumbetov va Farhod Nurumbetov singari bilimdon, el nazariga tushgan sobiq oʻquvchilarimiz bilan hamisha faxrlanamiz, - deydi maktab direktori Shukurboy Ayimbetov mamnuniyat bilan.

Direktorning quvonchlariga sherik boʻlib, maktab hayoti bilan yaqindan tanishdik. 43 nafar mutaxassis oʻqituvchilarning 33 nafari oliy maʼlumotli fan oʻqituvchilari boʻlib, maktabda "Adabiyotshunos”, "Yosh tilshunos”, "Musiqashunos”, "Yosh sportchi”, "Yosh tarixchi”, "Yosh rassom” va "Oʻlkamizni oʻrganamiz” toʻgaraklari faoliyat koʻrsatmoqda. Toʻgaraklarning har biriga 20-25 nafardan ilmga intiluvchan oʻquvchilar jalb etilgan. Sportning futbol va voleybol turlari boʻyicha erishilayotgan yutuqlar ham talaygina. Zamonaviy ped-texnologiyalar asosida dars oʻtiladigan kimyo-biologiya xonasi, chet tillarni oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etuvchi lingafon xonasi, fizika-matematika xonalari hamisha oʻquvchilar bilan gavjum. 2013-2014 oʻquv yilida fizika fani boʻyicha maktabning bir oʻquvchisi - Oʻktam Oʻrolboyev "Bilimlar bellashuvi”ning tuman bosqichida 1-oʻrinni, Respublika bosqichida esa sovrinli oʻrinni egalladi. Maktabning sobiq oʻquvchisi, fizik olim Ikromjon Tojiboyevning izdoshlari yetishib chiqayotganidan biz ham quvondik.

Maktabda kimyo-biologiya fani oʻqituvchilari tomonidan oʻtiladigan darslar sifatiga alohida eʼtibor berdik. Rahmatulla Artiqov, Nargiza Artiqova va Barnoxon Allaberganovalarning oʻzaro tajriba almashuv – "oʻrgan-oʻrgat” uslubiy dasturi asosida oʻtiladigan kimyo-biologiya fani darslari, ochigʻi, kuzatuvchi sifatida bizda ham qiziqish uygʻotdi. Ayniqsa, Nargiza Artikovaning biologiya darsini oʻtishdagi oʻziga xoslik – amaliy tajribalarni oʻquvchilarning mustaqil ravishda oʻzlari olib borishlari, tabiat bagʻrida turfa oʻsimliklarning biologik xususiyatlarini kuzatib-oʻrganish va tahlil qilishlari yanada qiziqarli.

Maktabning sobiq oʻquvchisi, hozirgi kunda Chexiya Agrar Universiteti doktoranturasida tahsil olayotgan Hayitboy Ortiqov ham ana shunday dars jarayonlarida shakllangan boʻlsa ne ajab! Mazkur maktabni 2004-yilda tugatib, OʻzMUning biologiya-tuproqshunoslik fakultetiga shartnoma asosida oʻqishga kirgan Hayitboy Universitetning bakalavriat qismida oʻqish jarayonida Universitet ilmiy jamoatchiligi nazariga tushdi. Oʻqishni imtiyozli diplom bilan tugatgan Hayitboy Ortiqov 2008-yilda biologiya-tuproqshunoslik yoʻnalishi boʻyicha magistraturada davlat granti asosida oʻqishni davom ettirdi. U ustozi, biologiya fanlari nomzodi, dotsent Toʻxtasin Abdurahmonov rahbarligida "Yerlarning qishloq xoʻjalik pestitsidlari bilan ifloslanishi va ularning atrof-muhitga zarari” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bordi. Tirishqoq va izlanuvchan yosh mutaxassis 2010-2011 yillarda Universitetning biologiya-tuproqshunoslik kafedrasi qoshidagi davlat granti asosida tadqiqotlar olib boruvchi guruhda kichik ilmiy xodim, keyinchalik shu kafedraga stajer-tadqiqotchi-izlanuvchi sifatida oʻqishga qabul qilindi.

- Bir kuni qaysidir tanlovda qatnashmoqchi ekanligini aytib, qoʻngʻiroq qildi, - farzandining yutuqlaridan quvonib soʻzlaydi Hayitboy Ortiqovning otasi Rahmatulla ogʻa. – Onasi bilan ikkalamiz telefon orqali oq fotiha berdik.

Ota-ona duosimi yoki yuksak iqtidorimi, yosh ilmiy xodimga omad kulib boqdi. Hayitboy Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida hamkorlikda tuzilgan Orol dengizining qurishi va uning atrof-muhitga taʼsirining oldini olishga bagʻishlangan Yevropa Ittifoqi ERASMUS MUNDUS CASIA loyihasi granti uchun tanlovda gʻolib boʻldi. U ushbu grant asosida Chexiya Respublikasining Praga shahridagi Chexiya Agrar Universitetiga 14 oylik doktoranturaga oʻqishga qabul qilindi. Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasining asosiy maqsadi - hamkor Universitetlar talabalari va ilmiy xodimlarining akademik tajriba almashuvlarini taʼminlash orqali Yevropaning rivojlangan ilm dargohlarida taʼlim olishlari uchun sharoitlar yaratish va kelajakda yosh olimlar va professor oʻqituvchilarning ilmiy hamkorligini taʼminlashdan iborat. Buni yaxshi bilgan hamyurtimiz, 28 yoshli yosh olim Hayitboy Ortiqov ushbu loyihada ishtirok etmasidan ancha oldin, talabalik davridayoq nemis va ingliz tillarini puxta oʻrgandi. U hatto Buyuk Britaniya qirolligining Toshkent shahridagi konsulligi qoshida tashkil etilgan ingliz tilini test qilish tizimidatest topshiriqlarini yuqori darajada bajarib IELTSning maxsus sertifikatiga ega boʻldi.

Biz 49-sonli maktabning sobiq oʻquvchisi, boʻlgʻusi biolog olim, Chexiya Agrar Universiteti doktoranti Hayitboy Ortiqov ulgʻaygan xonadonda boʻlib, uni dunyo yoshlari bilan bellashish, ilmda yuqori natijalarga erishish darajasida tarbiyalagan ota-onasi bilan uchrashib, bu oiladagi oʻziga xos tarbiya muhiti bilan tanishdik. 49-sonli maktabda kimyo-biologiya fani oʻqituvchisi boʻlib ishlovchi oila sohibi Rahmatulla ogʻa Ortiqovning ogʻir-bosiq, mulohazali insonligini koʻrib, bolaligidan har lahza tabiat bagʻriga oshiqib turguvchi Hayitboyning nega aynan biologiya-tuproqshunoslik sohasini tanlaganini tushunib yetganday boʻldik. Oddiy dehqon ayol Gulnora opa esa oddiygina qilib, onalik mehri bilan:

- Hech otasining yonidan chiqmas edi, - deydi kulib.

Hayitboy Ortiqovning 49-sonli maktabdagi sobiq ustozlari esa hozirgi kunda Chexiya AgrarUniversiteti bilan OʻzMU oʻratasida tuzilgan CASIA loyihasi granti boʻyicha ustozlari - chexiyalik olim Lyubosh Boruvka va OʻzMU dotsenti, professor Toʻxtasin Abdurahmonovlar rahbarligida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib borayotgan Hayitboy Ortiqovning har bir yutugʻiga sherik.

Biz ham yosh olim bilan telefon orqali bogʻlanganimizda u oʻzi erishayotgan muvaffaqiyatlarning zamiri 49-sonli maktabda olgan tahsilda ekanligini, hayotidagi har bir yaxshilikda aziz ustozlari, qadrdon Amu elining nazarini his etib turishini taʼkidladi.

Xalqimizda: "boʻladigan bola yoshligidan maʼlum”. – degan ajoyib hikmat bor. Biz bobolar hikmatining hayotdagi ifodasini oʻz koʻzimiz bilan koʻrdik. Qayerda, deysizmi? Tumanimizning oddiy bir oilasida tugʻilib, oddiy qishloq maktabida tahsil olib, bugun esa oʻz erishgan va erishayotgan muvaffaqiyatlari qanotida dunyo yoshlari bilan ilm-irfon tilida bellashayotgan boʻlgʻusi fan doktori Hayitboy Ortiqov ulgʻaygan "Namuna” mahallasida! Bu mahallaning el-yurtga namuna boʻlayotgan 28 yoshli oʻgʻloni qiyofasida koʻrdik. Havas qildik, azizlar!

Robiya YOʻLDOShEVA.

Suratda: H.Ortiqovning ota-onasi va yaqinlari.

(Foto - http://eurostudy.cz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026