Geografik obyektlarni nomlaş işlari olib borilmoqda
Barçamizga maʼlumki, toponimik obyektlarni tartibga soliş işlari Özbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari töğrisida”gi qonuni asosida amalga oşiriladi. Amudaryo tumanida köçalarga nom berişda mazkur qonun talablariga qatʼiy amal qilinişi taʼminlanmoqda.
Aytiş joizki, tumandagi köçalarni nomlaş va qayta nomlaş işlari geografik obyektlarni nomlaş va qayta nomlaş masalalari böyiça Amudaryo tuman komissiyasi tomonidan tayyorlangan hujjatlar asosida Xalq deputatlari tuman Kengaşi sessiyalarida muhokama qilingan. Muhokamalarda tumandagi 2216 ta köça, 270 ta berk köça, 3 ta tor köça hamda 9 ta şoh köçalar nomlari körib çiqilgan. Ayni paytda mavjud köçalar nomlarini Davlat reestriga kiritiş yönalişida Respublika toponimika xizmati ekspertlari bilan hamkorlikda iş olib borilib, ularni davlat reestriga kiritiş işlari öz nihoyasiga yetkazildi.
Hozirda tumanimizdagi barça ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari hududlarida aholi turar joylari va noturar binolarga köça nomlari hamda raqamlarni örnatiş işlari olib borilmoqda. Bu işlarni samarali tarzda amalga oşirişda “Uy-jay nomerlestiriw orayı” masʼuliyati çeklangan jamiyati bilan tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi özaro hamkorlikda faoliyat yurmoqdalar.
Aşirboy Qöşayev, tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligini oşiriş, davlat tili töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişini taʼminlaş masalalari böyiça maslahatçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶