“ONAM ÖGAY EMAS”
(Hayotiy hikoya)
Yaqinda dugonam Nargizaning onasi Sanobar opaning ögayligini eşitib, töğrisi, xayron qoldim. Qizlariga şunçalar mehrbonki, birovning bolasini “bolam”, deb bağriga bosiş uçun inson, menimça, juda kuçli bölişi kerak. Sanobar opaning irodasiga qoyil qoldim.
Nargizalar biz 2-sinfda öqiyotganimizda köçib kelişgan. Beşta opa-singilni Sanobar opa oq yuvib-oq tarab, ögayligini bildirmay katta qilgan. Bir men emas, opaning ögayligini eşitib, boşqalar ham hayron qolişdi. Çunki şunça yillar davomida ularni taniganlar opaning ögayligini biror marta bölsayam sezişmagan.
Bu orada Sobir aka ham ötib qoldilar, ayol boşi bilan erining maʼrakalarini ötkazdi. Sobir aka yakka öğil bölgani uçun aka-ukalari yöq edi.
Onamning aytişiça, katta qizi Nargiza 6 yoşda, kenjasi Yodgora endi tuğilgan çaqaloq ekan. Onasi beşinçi qizini dunyoga keltirayotganida, tuğruq paytida vafot etgan ekan. Sobir aka qizlari va 1 kunlik çaqaloq bilan çirqillab qolavergan. Çaqaloqqa qaraş maʼrakalari ötgunça qiyinçilik tuğdirmadi. Qarindoşlarining biri çaqaloqqa qarasa, yana biri bolalarni ovqatlantirib turişgan. Maʼrakalar ötib, qarindoş-uruğlar uy-uyiga tarqalişgaç, Sobir aka çaqaloqqa qaraş qançalik qiyinligini bildi. U bolani 5-6 oy amalladi. Uning qiynalib qolganini körgan yaqinlari qarab turişmadi. Maslahatlaşib, Sobir akani Sanobar ismli, befarzandlik tufayli eridan ajraşgan juvonga uylantirib qöyişdi. Har bir qiyinçilikning oxiri xayrli, deb bekor aytişmagan ekan. Sanobar opa mehribon va bolajon ayol bölib çiqdi. Özi farzandli bölolmagani uçun qizlarga bor mehrini berdi.
– Özi farzand körmagan ayol bola qadrini bilmaydi, deyişadi. Aslida qadrni ham, mehrni ham xudoyim köngilga solar ekan-da. Baʼzi onalar bor, özi tuqqan farzandlariga mehr bermaydi, – deb kuyinib gapirardi onam.
Katta qizi, dugonam Nargiza bilan kenjasi Yodgora oliy maʼlumotli, Nasiba, Nafisa, Umidalar hunarli bölişdi. Biçiş-töqiş qölidan kelgani uçun Sanobar opa qizlarini yoniga olib qöni-qöşnilardan, tanişlardan buyurtma ola boşladi. Tikkanlari maʼqul keldi şekilli, qöşnilar nevaralarini, qizlarini yetaklab Sanobar opaga opkelişardi, şogird qilib oling, deb. Uyining bir xonasida tikuvçilikni boşlagan Sanobar opaning hozirgi kunda tuman markazida katta tikuv tsexi bor. Yuzlab şogirdlar çiqardi. Tikuv tsexida 50 ga yaqin ayol-qizlar işlaşadi. Bolalar boğçalari va kasalxonalarga yostiq-körpa jildlari, korxona-taşkilotlar işçilariga iş kiyimlari tikişadi. Şu kasbi orqasidan el orasida obrö topdi. Mahallamizda ham opani hamma hurmat qilişadi. Ikkala qizini şu mahalladagilar kelin qilişgan. Uçinçi, törtinçi qizlarini ham uzatdi, yaxşi qiz mahalladan çiqmas, deganlari şu bölsa kerak. Yaqinda kenjasi Yodgorani özi bilan institutda öqiydigan yigitga unaştirişdi. Qizining barça seplarini taxt qilib qöyibdi, kam-u köstsiz qilib. Faqat bir iş qoldi.
Sanobar opaning yuragini zil bosib turgan haqiqatni aytiş kerak Yodgoraga. Yodgora aqlli, odobli qiz, hammasini töğri tuşunadi. Keyin Yodgora ikkalasi Sobir akaning va qizlarning tuqqan onalari Salima opa qabrini ziyorat qilişadi. Yodgora ota-onasidan oq fotiha oladi. Sanobar opa törtta qizini uzatayotganida ham şunday qilgan.
Lekin Yodgora juda taʼsirçan, dadasining ölimidan keyin ança vaqt öziga kelolmay yurdi. Qizini yaxşi bilgan Sanobar opa bu safar ertaroq aytişga qaror qildi. Yodgoraning ahvoli bir hol, onaniki undan battar.
– Siz mening onamsiz, siz tuqqansiz meni, siz ögaymassiz. Seni men tuqqanman, deng. Onajon, şu haqiqatni bir umr bilmay ötsam rozi edim! – Ona-bola yiğlaşdi juda uzoq. Çarçab, uxlab qolişdi.
Ertasiga tong boşqaça otdi, ularning munosabatlari oldingiday qolarmikan, ona şularni öylab kuyinardi. Yodgora yuvinib, nonuştaga ötirarkan, har kungiday onasini quçib, yuzidan öpib qöydi. Közidan çiqqan ikki tomçi yoşini qiziga körsatmaslikka harakat qilayotgan Sanobar opaning qöllari qaltirardi. Buni sezgan Yodgora:
– Onajon, bugun sizga özim çoy quyib beraman, – dedi boşqaça mehr bilan. Nonuştadan keyin ona-bola qabristonga yöl olişdi. Sanobar opa Salima opadan minnatdor, beşta qizni tuğib bergani uçun. Yodgora dadasidan minnatdor, şunday oqila ayolni qizlariga ona qilib olgani uçun.
“Uç qizni tarbiyalab, egasiga topşirgan ota-ona jannatga tuşarkan”. Sanobar opa esa beş qizni töğri tarbiyalab, egalariga topşirdi. Ular bu dunyoning jannati ayollari, desak mubolağa bölmas. Guruç kurmaksiz bölmaganidek, yon-atrofimizda zolim, ögay onalar ham uçrab turadi. Undaylar Sanobar opaga öxşaganlardan ibrat olsa arziydi. Ular yana bir marta qilayotgan işlari, aytayotgan gaplari, begunoh yetimlarga körsatayotgan zulmlari haqida öylab körişsa bölardi.
Nodira YaNGIBOYeVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶