PREZIDENT EʼTIBORI VA EʼTIROFIDAN MAMNUNMIZ
Mamlakatimizda keksa avlod vakillariga körsatilayotgan eʼtibor va rağbat, ularning köngilli dam olişlari, har bir kunini osuda, tinç va xotirjamlikda ötkazişlari uçun yaratib berilayotgan şart-şaroitlarni, töğrisi, umrim bino bölib körmaganman. Nafaqat yoşligimizda, balki 50-60 yoşga kirganimizda ham bir şior bölardi: “7 yoşdan 70 yoşgaça hamma dalaga!” – degan. Dalada nima qilardik?
Paxta ikki quloq bölib unib çiqqanidan to keç kuzgaça “köngilli haşarçi” bölar edik-da! Farzandlari, nevaralari bilan ana şu daladan beri kelmagan öşa 50-60-70 yoşli keksalarning köpi bugun oramizda yöq. Qiyinçiliklarni köraverib, yelkalari yağir bölgan bu insonlarning ayrimlari ayni paytda uluğ yoşga yetişgan. Allohga ming-ming şukurki, bugungi keksalar davlatimizning mehr-ardoğida. Albatta, bu kabi eʼtibor va aʼzozga sazovor nuroniylarimiz hayot qiyinçiliklarini kuç-quvvatlari, yoşlik şijoati tinimsiz mehnatlari, sabr-matonatlari bilan yengib, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaşga munosib hissalarini qöşdilar.
Kuni keça muhtaram Prezidentimiz “Yangi Özbekiston” gazetasiga bergan intervyularida bu haqda alohida töxtalib: “Nuroniylar özlari qiynalib bölsa ham bizni şunday tinç va dorilomon kunlarga yetkazganlari – bu heç narsa bilan ölçab, baholab bölmaydigan ulkan jasorat va qahramonlikdir”, - deya alohida eʼtirof etganlari qalbimizga quvonç bağişladi. Axir özingni ayamay tun-u kun mehnat qilsang-u, senga maʼnaviy rahbat bölmasa, bundan yomoni yöq.
Prezidentimiz biz nuroniylarga turli körinişlarda ğamxörlik va maʼnaviy rağbat körsatiş bilan birga, Yangi Özbekiston yoşlarini tarbiyalaşda nuroniylarning yanada faol iştirok etişlari uçun qöşimça imkoniyatlar yaratiş, xalqimizni rozi qiliş eng uluğ maqsad ekanligini qayta-qayta taʼkidladilar. Prezidentimizning bu fikrlari bizni xalqimiz bilan bir safda, bir maqsad yölida birlaşgan holda Yangi Özbekistonni barpo etişdek faollik körsatişga undayveradi.
Bekman Allaberganov, nuroniylar faoli

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶