TAʼLIM TIZIMIGA AXBOROT TEXNOLOGIYaLARINI JORIY QILIŞGA BAĞIŞLANGAN SEMINAR-TRENING ÖTKAZILDI
Yurtimizda köpgina sohalarda axborot texnologiyalari qöllanilib, işdagi samaradorlik ortişiga erişilmoqda. Prezidentimizning 2020-yil 5-oktyabrdagi “Raqamli Özbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlaş va uni samarali amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalardan kelib çiqib, taʼlim jarayonini boşqarişda qoğoz şaklidagi hujjatlarni raqamlaştiriş yordamida öqituvçilardagi maʼmuriy yukni kamaytiriş va öquv jarayonida şaffoflikni taʼminlaş maqsadida tuman Xalq taʼlimi bölimiga qaraşli barça maktablarda “Elektron jurnal”, yaʼni kundalik.com tizimi joriy qilinmoqda.
8-fevral kuni şu munosabat bilan Xalq taʼlimi vazirligidan tizimga masʼul bölgan metodist Feruza Meyliyeva hamda tuman Xalq taʼlimi bölimi axborot texnologiyalar böyiça mutaxassislari tomonidan seminar-trening taşkil etildi.
Seminar-treningda umumiy örta taʼlim maktablarining direktorlari va öquv işlari böyiça direktor örinbosarlari iştirok etişdi. Seminarda “Elektron jurnal” tizimining afzalliklari, administratorlar va maktab rahbarlari tarafdan qilinişi kerak bölgan işlar amaliy ravişda körsatilgan holda ötildi.
Uşbu tizim joriy qilinişi natijasida maktablardagi qoğoz körinişidagi jurnallar, kundaliklar yuritilişidan voz keçiladi. Öquvçilar onlayn ravişda baholab boriladi. Sinf rahbarlari va öquvçilarning ota-onalari örtasida ularning özlaştirişi, hulqi haqida onlayn ravişda muloqot almaşiş imkoni paydo böladi. Ota-onalar ham farzandlarining darsga qatnaşişini nazorat qilib borişadi.
Bunda tizimdan foydalanişda qulaylik yaratiş maqsadida öqituvçilar uçun “Kundalik.Teacher”, ota-onalar uçun esa “Kundalik.Familiy” ilovalari işlab çiqilgan bölib, uşbu ilovalarda işlaş orqali endilikda öqituvçilarning va ota-onalarning vaqtini tejaş imkoni yaratildi. Uşbu “kundalik.com” tizimi nafaqat ota-onalar balki maktab direktori, öquv işlari böyiça direktor örinbosari, maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosarlarining ham bir qança işlarini osonlaştirib beradi va ortiqça qoğozbozliklardan ozod qilişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Undan taşqari, öquvçilarning özlaştiriş körsatkiçlari sinf, maktab kesimida elektron ravişda şakllanadi. Şuningdek, sinflar kesimida, maktab kesimida ham davomatlari şakllantirilib boradi.
Uşbu tizim orqali elektron jurnallarning öz vaqtida va bexato yuritilib borişi Xalq taʼlimi bölimi va Xalq taʼlimi vazirligi tarafidan onlayn ravişda “dashboard” orqali nazorat qilinadi. Ota-onalar uçun “Elektron jurnal” tizimiga aʼzo böliş narxi yiliga ayni vaqtda 8 ming 600 sömni taşkil qiladi.
Maʼlumot örnida şuni aytib ötiş kerakki, tumanda şu paytgaça yaʼni 2020-2021 öquv yilidan boşlab, 9 ta maktabda “Elektron jurnal” tizimi joriy qilingan edi. Hozirgi kunda tizim özining ijobiy samarasini körsatib, öqituvçilar ortiqça qoğozbozlikdan xalos bölişmoqda va tejalgan vaqtlarini taʼlim-tarbiyani kuçaytirişga sarflaşmoqda. Ota-onalar ham öz farzandlarining özlaştiriş darajasini onlayn tarzda kuzatib, nazorat qiliş imkoniga ega bölişmoqda.
Seminar-trening davomida iştirokçilar şu kabi maʼlumotlarga, “Elektron jurnal”, yaʼni “kundalik.com” tizimini yuritiş böyiça keng tuşunçalarga ega böldilar. Masʼullarga özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, kerakli javoblarni oldilar.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶