AYoLLAR HAFTALIGI MUNOSABATI BILAN Z.M.BOBUR NOMLI OFYDA BAYRAMONA TADBIR ÖTKAZILIB, FAOL AYoLLAR ŞARAFLANDI
Barça zamonlarda va barça jamiyatlarda aziz va muhtarama ayol-qizlarga nisbatan alohida mehr-muhabbat, hurmat va ehtirom körsatilgan. Yerda hayot bardavomligini, avlodlar salomatligi, nasliy uzviyligini taʼminlovçi ilohiy xilqat sifatida eʼzozlangan. Mangu va betakror gullaş fasli – bahorday mehnatkaşligi bilan hayotning turfa çigalliklari qarşisida Matonat va Jasorat timsoli sifatida qadrlanguvçi Ayollarga eʼtibor masalasi mustaqil mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga kötarilgani ham bejizga emas.
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida, davlatimiz rahbari Ş.M.Mirziyoyev raisligida bölib ötgan videoselektor yiğilişida Özbekiston xotin-qizlarining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va maʼnaviy faolligini oşiriş, ularning hayotdan rozi yaşaşlari uçun zarur barça şaroitlarni yaratiş maqsadida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yangi taşabbuslar Ayolga, oilaga eʼtibor va rağbatning yaqqol ifodasi böldi.
Ayniqsa, Prezidentimiz taşabbusi bilan “Oila va xotin-qizlar işlari qömitasi” va uning joylardagi boşqarmalari, barça mahallalarda oila va xotin-qizlar qömitasi faollari lavozimi taşkil etilişi xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini yanada yuksaltirişga qaratilgani bilan ahamiyatli böldi. Bu borada butun mamlakatimiz böylab, xususan, Amudaryo tumanida ham amaliy işlar boşlab yuborildi.
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami arafasida Ayollar haftaligi munosabati bilan “Ayollarni eʼzozlang!” şiori ostida taşkillaştirilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar har bir mahallaga kirib bordi va aziz ayollar uçun betakror quvonçlar hadya etdi.
Bahorning ilk kunlaridan birida Bobur nomli ovul fuqarolar yiğinida bölib ötgan bayramoldi tadbirida Oq oltin, Bobur nomli, Kuyuk köpir, Xitoy ovullari hamda Jumur ovul, Qizilçoli, Namuna va Toryop mahalla fuqarolar yiğinlari faol ayol-qizlari mehmon böldilar.
“Ayollarni eʼzozlang!” bayramona tadbirini Bobur nomli ovul fuqarolar yiğini raisi Gulbahor Reyimova oçdi va tadbir mehmonlari bölgan aziz ayol-qizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlari kuni munosabati bilan tabrikladi.
Tadbir davomida Amudaryo tuman mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliğining birinçi örinbosari Gözal Soburova, Respublika Reabilitatsiya va moslaştiriş markazi Amudaryo tuman bölinmasi ijroçi direktori Gavhar Çimbayçiyevalar ham sözga çiqişib, tadbir iştirokçilarini yaqinlaşib, kelayotgan bahor bayramlari bilan samimiy tabrikladilar.
Şundan söng, Amudaryo tuman Madaniyat markazi sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan bayramona kontsert dasturi namoyiş etildi. Ayolni, Onani, vatanparvarlik va insonparvarlikni, millatlararo döstlik va totuvlik, bebaho milliy-maʼnaviy qadriyatlarimizni madh etuvçi kuy-qöşiqlar, raqslar ijrosidan köngillar yuksaldi.
Ayniqsa, 26-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti tarbiyalanuvçilari – jajji bolajonlarning çiqişlari tadbir iştirokçilariga zavq-şavq bağişladi. Qizilçoli mahallasi faoli Malikaxon Yöldoşova talqinidagi Ayollarni, bahor gözalligini şaraflovçi şeʼriy tabrik qalblarda bahoriy kayfiyat uyğotdi.
Tadbir davomida barça iştirokçilar tuman Madaniyat markazi sanʼatkorlari tomonidan ijro etilgan dilrabo, jöşqin aşulalarga monand raqsga tuşdilar, bir-birlariga samimiy tilaklarini bildirdilar.
Tadbir yakunida taşkilotçilar tomonidan bir guruh faol ayol-qizlarga bayram sovğalari berildi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶