21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 18:14
Qishloq xoʻjaligi 👁 273

Fidoyi mehnati bilan el-yurt nazariga tushgan fermer

Fidoyi mehnati bilan el-yurt nazariga tushgan fermer

Amudaryo tumanining Xolimbeg ovulida fidoyi mehnati bilan el-yurt nazariga tushgan fermerlar talaygina. Ham xalq ehtiyoji, ham mahalladoshlari ehtiyoji uchun zarur boʻlgan kundalik oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, ichki bozordan tashqari, qoʻshni tumanlar bozorlarini sarxil mahsulotlar bilan taʼminlashda hududdagi koʻptarmoqli fermer xoʻjaliklarining hissasi katta.

Ovuldagi “Rajab-Japaq” fermer xoʻjaligiga Qurolboy Japaqov rahbarlik qiladi. Xoʻjalik yerlarining asosiy qismiga, yaʼni 23 gektariga paxta ekilib, har yili shartnomaviy rejalar oshirib ado etiladi. Bundan tashqari, 11 gektar maydondagi kuzgi bugʻdoy, 8 gektar mevazor bogʻ ham xoʻjalikning haqiqiy ziroatchilik fabrikasiga aylangan.

Joriy dehqonchilik yilida 11 gektar yerdagi kuzgi bugʻdoydan 28 tonna hosil olindi. Shartnomaviy rejadan tashqari yetishtirilgan 15 tonna bugʻdoy fermer xoʻjaligi omboriga toʻkildi va pudratchi dehqonlar ham moʻl-koʻl gʻalla hosilidan bahramand boʻlishdi. Paxtachilik, gʻallachilik va bogʻdorchilik yoʻnalishlarini yuqori daromadli sohaga aylantirishda 44 nafar pudratchi dehqonlarning xizmatlari katta.

Xoʻjalik hududidagi ekinlarni agrotexnika qoidalariga muvofiq parvarishlash, vaqtida sugʻorish, oziqlantirish ishlari meʼyorida olib borilgani uchun fermer xoʻjaligida dehqonchilik ishlarini yuritishda umuman muammo yoʻq. Qolaversa, xoʻjalik ixtiyoridagi texnika vositalaridan samarali foydalanish orqali ekinlar parvarishini yuqori sifatda amalga oshirishga erishilmoqda.

Ayni paytda fermer xoʻjaligi tasarrufida 2 ta T-28, 2 ta TTZ, 1 ta MTZ-80 rusumli traktorlar mavjud. Shu bois, yerlarni haydash, gʻoʻza qator oralariga ishlov berish, yetishtirilgan hosilni yigʻishtirib olish va omborlarga tashish kabi ishlarda qiyinchilik yoʻq hisobi.

Fermer xoʻjaligi pudratchi dehqonlari joriy yilgi kuzgi bugʻdoydan boʻshagan yerlarga takroriy ekin ekib, yuqori hosil yetishtirishning ham hadisini olishgan. Bugʻdoydan boʻshagan yerlarga ekilgan 1 gektar mosh, 1 gektar soya ekinlari allaqachon unib chiqib, dastlabki agrotexnik tadbirlar boshlab yuborildi. Shuningdek, bugʻdoy hosilidan boʻshagan yerlarning 2 gektariga sabzi, yana 1 gektar piyoz ekish uchun tayyorlab qoʻyildi. 23 gektar yerdagi gʻoʻza nihollari baravj rivojlanib, birinchi suvdan keyin sogʻlom hosil nishonalari soni kun sayin ortmoqda.

Xoʻjalikning bogʻdorchilik tarmogʻi ham yil sayin serdaromad sohaga aylanib borayotganidan pudratchi dehqonlar mamnun. 2017-yilda tashkil etilgan 8 gektarlik bogʻda Oʻzbekiston iqlimiga mos 8 ming tupdan ziyod eng sara mevali daraxtlar mavjud. Uch yildan beri oʻz hosilini bera boshlagan mevazor bogʻning oʻzidan har gektar hisobiga 8 mln. soʻmdan, yiliga 64 mln. soʻm daromad olayotganidan nafaqat el-u yurt va fermer xoʻjaligi raisi Qurolboy Japaqov, balki xoʻjalik ishchilari ham birday manfaatdor.

Ayni kunlarda “Rajab-Japaq” fermer xoʻjaligi dalalarida gʻoʻza nihollarini qondirib sugʻorish, takroriy ekinlarni begona oʻtlardan tozalash, mineral va mahalliy oʻgʻitlar bilan oziqlantirish kabi agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Gʻoʻza parvarishi bilan birga ekinlar parvarishi ham sifatli amalga oshirilmoqda.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026