21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 07:19
👁 4,196

Quyuşqondan çiqqan “madaniyat” qutqusi

Quyuşqondan çiqqan “madaniyat”  qutqusi

(Pamflet)

Paymonasi tölgandirki, şayton qiyofasidagi inson zotidan bölgan "Şaytonbaçça” laqabli bir arzanda bu yoruğ dunyodan köz yumibdi. Erkatoy bola narigi olam eşigini paypaslab ovora bölib yurganida uni bahaybat, jundor maxluqlar Munkar - nakir qarorgohiga bir zumda yetkazib qöyişibdi.

–Xöş-ş, keldingmi toyçoq? – yuzlanibdi unga Munkar-nakir. – Nasl - nasabing insonlardan bölganligi sababli seni bu yerga çaqirtirdim. Otangning maktabida öqib, odamlarni yöldan ozdiriş, yomon işlarni amalga oşirişga daʼvat etiş, buzğunçilikni tarğib qiliş borasida ança taʼlim olgan bölsang ham mening hisob-kitobimga köra sen hali köp narsa qilişga, yaʼni, insonlarning boşini aylantirib, ularni yomon yöllarga boşlaşga ulgurmabsan. Şu sababli ham jannat tomonga ötişingga imkoniyating bor. Ammo bir şart qöyaman. Şartim şuki, menga yoruğ olamda sodir bölayotgan eng taʼsirli voqealarni bayon qilib yo kuldirasan, yo yiğlatasan, yo ğazablantirasan. Endi bu yoği özingga havola!

Şundan söng "Şaytonbaçça” işga kirişibdi. Qiziq-qiziq latifalar, içak uzdi hangomalar aytibdi, yer şarining turli burçaklarida sodir bölayotgan tabiiy ofatlar haqida dahşatli ohangda hikoya qilibdi. Bu gaplar Munkar-nakir janoblarini na kuldiribdi, na yiğlatibdi, na ğazablantiribdi.

Bundan hayron bölgan "Şaytonbaçça” endi masxaraboz qiyofasiga kirib, turli qiliqlar körsatibdi, dunyodagi eng dahşatli yöl transport hodisalari, öğirliklar va uruş - janjallar haqida maʼlumotlar beribdi. Bular ham Munkar-nakir janoblariga taʼsir körsata olmabdi.

Ammo Munkar-nakir janoblarining "Şaytonbaçça”ga rahmi kelib, yana bir kunga muhlat beribdi.

–Ertaga ham eplay olmasang, özingdan kör! –debdi.

Ertasiga "Şaytonbaçça” belgilangan vaqtda qölida noutbuk bilan Munkar-nakir janoblarining huzurida paydo bölibdi.

–Qölingdagi nima? – sörabdi Munkar-nakir.

–Hozir körasiz! – debdi Şaytonbaçça mağrur ohangda.

–Unday bölsa, boşla! – buyuribdi Munkar-nakir.

"Şaytonbaçça” noutbukni işlatib, internetga, "Ommaviy

madaniyat”ni tarğib qiluvçi saytga kiribdi va undan kerakli maʼlumotlarni topib öqiy boşlabdi.

... – Ella xonim Bella xonimni öz nikohiga olişdan oldin unga töydan keyin faqat erkaklar kiyimida yurişi lozimligi haqida şart qöygan ekan. Kelin bölmiş beçora bu şartga rozilik beribdi...

... – Janob Jekson janob Patrikni öz nikohiga olgan ekan. Ammo yangi kelin­ – janob Patrik möylovidan voz keçmaganligi sababli kuyov- janob Jekson nikohni bekor qiliş, yaʼni ajraşiş harakatiga tuşgan emiş...

... – Sönggi maʼlumotlarga köra ğarb davlatlaridan biridagi N. şaharçasida turmuşga çiqadigan erkaklar uçun yangi salon oçilibdi. Bu yerda bölğusi "kelinlar” soqol-möylovlarini tartibga keltirişlari va boşqa yasan-tusanlarni ham amalga oşirişlari mumkin ekan...

Şu mahal Munkar-nakir tomondan "gup!” etgan tovuş eşitilibdi.

"Şaytonbaçça” gapirişdan töxtab, razm solib qarasa, Munkar-nakir janoblari öz örinlarida yöq emiş.

Sal ötib "Şaytonbaçça” anglabdiki, keltirilgan sönggi maʼlumotlar tufayli Munkar-nakir janoblarining içlarida nafrat va ğazab portlagan, şu tufayli u ötirgan joyidan uçib ketgan ekan!

Oradan ança vaqt ötsayam, Munkar-nakirdan sado bölmabdi. Birozdan söng içkaridan uning kotibasi çiqibdi-da, "Şaytonbaçça”ga bir parça qoğoz tutqazibdi. Unda şu sözlar yozilgan ekan: "Közimga körinma, endi tört tomoning qibla!”

Azizlar, yuqoridagi satrlarni öqib, "iye, bu­–ertak-ku!” deyişingiz aniq. Ammo bu oddiygina çöpçak emas, ertaksifat haqiqat.

Biz ilohiy dunyo sinoatlariga til tekkizmoqçi emasmiz-u ammo ming afsus va nadomatlar bölsinki, insoniyat unib-ösayotgan jamiyat yuziga doğ, taraqqiyot yöliga çaqir tikanak kabi ğov bölib, xuddi bahorgi qöziqorinlarday bodrab çiqayotgan "ommaviy madaniyat” ning turli xil körinişlari borki, nazdimizda bunday beparda körinişlar oldida şaytoni-lain ham ip eşolmay qoladi.

Xöş, bu körinişlar qanday kuçga ega ekanki, hatto ilohiy farişta – Munkar-nakirda ham insonlarning nojöya qilmişlariga nisbatan nafrat uyğotguday bölsa?

Avvalo şuni qayd etiş kerakki, "ommaviy madaniyat” namoyondalarining butun dunyo xalqlarini "ğarblaştiriş” siyosatiga tiş-tirnoqlari bilan yopişib olib, turli-tuman axborot tarqatiş manbalari orqali tinç-osuda mamlakatlarning maʼnaviy hayotiga putur yetkazişga zör berib urinişayotganlari nihoyatda xavfli. Turli xil reklama roliklari, matbuot, kino olami, televideniye va radio orqali dunyo miqyosida olib borilayotgan "ommaviy madaniyat” tarğibotlarining deyarli barça körinişlari maʼnaviy-axloqiy "tubanliklar teatri” dan iborat. Bu "tubanliklar teatri”ning "tomoşalari” turli xil şakl-şamoyillarda namoyon bölmoqda. Çunonçi, heç qanday badiiy-estetik qimmatga ega bölmagan narsa va buyumlarni buyuklaştiriş, har xil qisqa matnli behayo matbaa naşrlari yoki rasmlarni keng yoyiş, qöşiq niqobidagi alahsiraş, valdiraşga yaqin didsiz "repp” kontsertlarini taşkil etiş, şarmsizlik va hayosizlik hamda zöravonlik tarğiboti bugungi davrimizga kelib oddiy holga aylanib qoldi. Şu nuqtai nazardan kelib çiqib aytiş joizki, sözimiz boşidagi Munkar-nakir bilan "Şaytonbaçça” voqeasi bu töqima emas, balki yer yuzidagi eng ongli mavjudot – insonlar tomonidan "ijro” etilayotgan "ommaviy madaniyat”ning behayo "teatri”dan bir köriniş, xolos. Vaholanki, bugungi davrga kelib baʼzi ğarb davlatlarida erkak bilan erkak, ayol bilan ayol örtasidagi nikohlar oddiy hodisalardan biriga aylanib qolganligiga eʼtibor beradigan bölsak, biz fikr yuritayotgan "ommaviy madaniyat” tomonidan tarğib etilayotgan maʼnaviy tubanliklar, xudbinona hayot tarzi, behayolik va şarmsizlik, zöravonlik illatlari naqadar çuqur ildiz otganini anglaş qiyin emas.

"Garçi "madaniyat” deb atalsa-da, –deb yozgan edi taniqli jurnalist Mixli Safarov özining "Ommaviy madaniyat – maʼnaviyat kuşandasi” maqolasida, – aslida, tub mazmun-maʼnosiga, maqsad-mohiyatiga köra "ommaviy madaniyat” çinakam madaniyatning kuşandasidir.” Demak, "ommaviy madaniyat”, aslida madaniyatsizlik, maʼnaviyatsizlik va ahloqsizlikning sinonimidir. Uning maqsadi butun şakl-şamoyili bilan insoniyat ongini zaharlaşga, maʼnaviy qiyofasini bulğaşga qaratilgan bezorilarça hayot tarzini tarğib qilişdan iborat. Bunga yuzlab, balki minglab yuqoridagi kabi misollarni keltirişimiz mumkin. XXI asrning yuksak texnologik imkoniyatlaridan biri, asosiy axborot manbai – internetda öz joniga qasd qilişni tarğib qiluvçi hamda pornografik mazmundagi ming-minglab saytlar borki, bu saytlarga kirayotgan millionlab kişilar erkak bilan erkak, ayol bilan ayol nikohidan tortib, zöravonlik va millatçilik ruhidagi, şahvatparastlikni, hayvoniy hirs va intimparastlikni tarğib qiluvçi şaytoniy hayot tarziga xos "ommaviy madaniyat”ning körinmas törlariga ilinib qolayotgani ğoyat taşvişlidir. Kompyuter texnologiyalari mutaxassislari va siyosatçilarning fikriça "Özbekistondan "Odnoklasniki. ru” saytiga kuniga 200 ming, "Facebook” saytiga 90 ming atrofida, "Moy mir” saytiga 40 ming nafardan ortiq kişi kirayotir”. (Mixli Safarov. "Ommaviy madaniyat – maʼnaviyat kuşandasi” maqolasidan).

– Özbekiston yoşlari internetdan foydalansa, buning nimasi yomon? – degan savol tuğilişi tabiiy.

Lekin ming-ming taassuflar bölsinki, internet – yoşlarning intellektual salohiyatini oşiriş bilan birga, ösib kelayotgan yoş avlod ongini zaharlaş bobida tengi yöq buzğunçi manba sifatidagi eng taʼsirli vositaga aylanib qolganligi heç kimga sir emas. Internetdagi buzğunçi ğoyalar bilan töldirilgan son-sanoqsiz saytlarda milliylikka raxna soluvçi "ğarblaştiriş” siyosatini hamda vahşiylik, giyohvandlik, fohişabozlikni tarğib qiluvçi dasturlarning berilişi yoşlarimizning milliy qadriyat va madaniyat tuşunçasidan yiroqlaşuviga xizmat qilişga qaratilgan. Şuning uçun ham Yurtboşimiz: "axborot asrida mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham xavfli” tus olganligini taʼkidlab, mamlakatimiz yoşlarining xolis va haqqoniy axborotga ega bölişlarini taʼminlaş, yoş avlod tafakkuri va dunyoqaraşida mafkuraviy immunitetning şakllanişiga zarur şaroit yaratişni taʼlim-tarbiya sohasining eng ustuvor masalalaridan biri, zamon talabi va mafkuraviy profilaktika oldidagi eng dolzarb vazifa, deb baholadi. Çunki globallaşuv jarayonida yoş va mustaqil davlatimizning strategik kelajagi yoşlar ongida şakllanayotgan gözal xulq-atvor, milliy - ruhiy intellektual salohiyatga boğliq. Mustabidlik zahridan, kişanlaridan ozod bölgan millatning kelajak istiqboli esa globallaşuv jarayonining şiddatini, talablarini tuşunadigan, bu şiddatli jarayon zarblarini anglay oladigan, millat va xalq taqdirini öz taqdiri deb biladigan yoşlarning dunyoqaraşida namoyon böladi.

Şuni alohida işonç va ğurur bilan ayta olamizki, bugungi Özbekiston yoşlari 2011 yilda yuz bergan "arab inqiloblari” yoki "arab bahori”, Tunisdagi davlat töntarişlarining zanjirli reaktsiyasi oqibatida Liviya, Misr, Suriya kabi davlatlarda röy bergan qonli fojialar "Iroq Şom islom Davlati” terrorçilik taşkiloti tomonidan tinç yaşayotgan xalqlar boşiga yoğdirilayotgan mislsiz kulfatlarning mazmun va mohiyatini yaxşi biladilar. Çunki bizning mamlakatimizda dunyoning boşqa rivojlangan davlatlarida juda kam kuzatiladigan yoşlarning axborot xavfsizligini taʼminlaş maqsadlarini ifoda etuvçi öziga xos tizim, milliy qonunçiligimizda esa yoşlarni nosoğlom axborotlar, yot ğoyalardan himoyalaş mexanizmlari yaratilgan. Prezidentimizning 2005-yil 28-sentyabrdagi "Özbekiston Respublikasining jamoat taʼlim axborot tarmoğini taşkil etiş töğrisida”gi qaroriga muvofiq axborotlarni uzatiş tarmoqlarida taʼlim va yoşlar böyiça yaratilayotgan axborot resurslari yagona "Ziyo NET” milliy taʼlim tarmoğiga ulangan. Bundan taşqari , "Ommaviy axborot vositalari töğrisida”gi, "Yoşlarga oid davlat siyosatining asoslari töğrisida”gi hamda "Bola huquqlarining kafolatlari töğrisida”gi Qonunlar mamlakatimizda yoşlar orasida odob-axloqni buziş, "ommaviy madaniyat” ning barça körinişlari – şafqatsizlik, vaxşiylik, zöravonlikni tarğib qilib, yoş avlod ongiga salbiy taʼsir körsatuvçi huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etişga taşviqot qiluvçi har qanday holatlarga qarşi keskin zarba berişga xizmat qiladi.

Demak, baralla ayta olamiz: bizning mamlakatimiz yoşlari ğoyaviy-tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy jihatdan, bir söz bilan aytganda, töğri taşkil etilgan tarbiyaviy tizim – mafkuraviy profilaktika bilan qamrab olingan. Şu bois, Özbekiston yoşlari milliy strategiyamizning eng töğri va maqbul yöli – Mustaqillik yölidan aslo oğişmaydilar.

Bunday deyişga keragidan ortiq asoslarimiz bor. Sababi, Özbekiston yoşlari zamonaviy ilm-fan, texnika yutuqlari, jumladan ğarb fan-texnikasi, madaniyati, adabiyot va sanʼatining ilğor jihatlarini, özga xalqlar tarixi hamda maʼnaviy qadriyatlarini aslo inkor etmaydilar. Balki ularga nisbatan hurmat nazari bilan qaraş zarurligini yaxşi biladilar. Şu barobarida "ğarbning muammosi”ga aylanib ulgurgan "ommaviy madaniyat”ning, quyuşqondan çiqib ketgan "madaniyat”ning barça tuban körinişlari millatimiz uçun tamoman yot, buzğunçi ğoyalar ekanligini ham juda yaxşi anglaydilar. Har qanday xatarli qiziqiş va mayllardan xoli gözal turmuş tarzini qaror toptirişga intilib yaşaydilar. Çunki, "ogohlik” tuşunçasi bugungi kunda mamlakatimizda yaşovçi har bir fuqaroning kundalik hayot tarzidan muhim örin olgan. Şuning uçun mamlakatimizda juda qisqa – salkam 24-yil içida barça sohalarda yuksak taraqqiyotga erişildi. Butun dunyoda "özbek” degan nom, "özbek modeli”, "özbek yoşlari” degan tuşunçalar paydo böldi. Bu şunçaki tuşunça emas, balki millatimizga nisbatan havas va hayratlarga qorişgan eʼtirof va eʼtiborga, ehtiromga aylandi. Dunyo sport arenalarida Özbekiston bayroği hilpirab, madhiyasi yangradi. "Özbekistonda işlab çiqarilgan” tamğasi bilan özbek avtomobillari dunyo kezib ketdi. Mamlakatimizning eksport salohiyati barqaror ösiş pallasiga kirdi. Eng quvonarli tomoni şundaki, barça sohalardagi taraqqiyot zamirida yoşlarimizning juda ulkan va salmoqli hissalari bor. Ijtimoiy - siyosiy jarayonlarda faollik körsatayotgan, öz fuqarolik burçini sobitlik bilan ado etayotgan yoşlar orasida diplomatlar, sportning barça turlari böyiça jahon çempionlari, xalqaro fan olimpiadalari ğoliblari bor. Ular xalqaro miqyosdagi anjumanlar minbarlariga dadil kötarilib, mustaqil Özbekiston nomidan sözlaşga, fikr va ilmiy qaraşlarini himoya qilişga qodir. Bunday bilim, kuç va salohiyatga ega Özbekiston yoşlarini özlari tanlagan yöldan heç qanday kuç, heç qanday pornografik körinişdagi buzğunçi ğoyalar oğdira olmaydi.

Bilib-bilmay "ommaviy madaniyat” ("antikulʼtura” ham deyişadi buni) ning millatimiz turmuş tarziga tamoman yot unsurlarini öziga "yuqtirib” olgan ayrim loqayd yoşlarni bu bulğangan hayotdan öz vaqtida qaytariş, ular ongida soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş maqsadida mamlakatimizda, yuqorida taʼkidlaganimizday, barça qonuniy asoslar yaratilgan. Davlatimizning bağrikenglik, keçirimlilik siyosati, asrlar davomida şakllanib, gözal takomilga yetgan maʼnaviy qadriyatlar, urf-odat va anʼanalarga sadoqat tuyğusi har bir fuqaro, har bitta oila uçun qadrli, aziz.

Bir narsaga eʼtiboringizni qaratmoqçimiz. Agar Prezidentimiz Islom Karimovning Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining birinçi taşkiliy yiğilişidagi nutqiga eʼtibor bergan bölsangiz, Yurtboşimiz dunyodagi bugungi siyosiy jarayon haqida taşviş bilan gapirib, şunday degan edilar:

" –... Dunyoda oldin heç sodir bölmagan, uçramagan öta oğir, öta murakkab ziddiyat va nizolar, siyosiy qarama-qarşiliklar, jahon miqyosida 2008-yili boşlangan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz va uning oqibatlari davom etayotgan, bir söz bilan aytganda, noaniqlik va oxirini oldindan aytib bölmaydigan voqealar yuz berişining guvohi bölmoqdamiz.”

Muhtaram Prezidentimiz alohida urğu berib taʼkidlagan "noaniqlik va oxirini oldindan aytib bölmaydigan voqealar”ning eng dahşatlisi internetning olovli töriga bilib-bilmay yoki kör-körona ilinib qoliş, "ommaviy madaniyat”ning jirkanç körinişlari bilan zaharlanişdir. Prezidentimiz ösib kelayotgan yoş avlodni mafkura maydonining ötkir aql, ilm-u maʼrifat bilan qurollangan yuksak maʼnaviyatli kuraşçilari sifatida tarbiyalaş masalasiga hamişa juda katta eʼtibor bilan qarab, Özbekiston yoşlarining bugungi kuç va salohiyatiga xamişa yuqori baho beradilar, Yurtboşimizning bu eʼtibori, albatta bejizga emas.

" – Men çet ellik siyosiy arboblar, katta işbilarmonlar bilan uçraşganimda, – dedi Yurtboşimiz Oliy Majlis Qonunçilik Palatasining birinçi taşkiliy yiğilişidagi nutqida, – ulardan bizning farzandlarimiz haqida havas bilan: "Yoşlaringizning közi yonib turadi”, degan fikrni köp eşitaman. Haqiqatan ham hayotda Vatani, xalqi uçun kuraşga bel boğlagan, sofdil, irodasi mustahkam yoşlarning közlari yonib turadi”.

Bu – Özbekiston yoşlariga Prezidentning yuksak işonçi, çet ellik siyosiy arboblarning havas va eʼtirofi! Zero, insonnig qalbi toza bölsa, ana şu toza qalbning özgaça tafti böladi. Bu taft insonning yuziga çiroy, köziga nur baxş etadi. Çehrasi nurli, öta issiq, közlari çaqnab turgan insonning yuragida ona Vatanga mehr-muhabbat tuyğusi, yaşaş, yaratiş işqi hamişa mangudir.

Dunyoda "yoşlar mamlakati” degan nom bilan taraqqiyotning öziga xos "özbek modeli” asosida tobora ravnaq topayotgan Özbekiston davlati yoşlari heç qaçon "ommaviy madaniyat” nomoyondalari körinişidagi bir hovuç safsatabozlarning oxiri puç taşviqotlariga ergaşmaydilar. Çunki Özbekiston yoşlari öz tub zaminini yaxşi biladilar. Bu – buyuk va ölmas maʼnaviy xotiralar, mangu qadriyatlar, yoqimli urf-odat va anʼanalar, özlikni anglaş ğururi! Bu ğurur aslo sinmasdir, aslo öçmasdir. Zero, millatimiz ğururi – asrlar oşa egilmagan qadlarda, sinmagan qatʼiyatlarda, heç qaçon bukilmagan tizlarda, oriyati baland kökraklarda, millatning kelajagi bölgan yoşlarning hamişa yonib turuvçi közlarida yaşaydi, yaşayveradi. Bunday ĞURURni bugungi mafkura maydonining çirkin, jirkanç unsurlari toptab ötişga aslo qodir emas!

Robiya YÖLDOŞEVA,

Allambergan JUMANIYoZOV,

amunews.uz gazetasi muxbirlari.

(Foto-http://novza.uz)

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026