22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 00:13
Jamiyat 👁 309

YaNGIOBODLIKLARNING YaQIN KOʻMAKChISIGA AYLANGAN HOKIM YoRDAMChISI

YaNGIOBODLIKLARNING YaQIN KOʻMAKChISIGA AYLANGAN HOKIM YoRDAMChISI

Yangiobod mahallasi tumanimiz markazidagi eng katta mahallalardan biri hisoblanadi. Yoʻllari doim serqatnov boʻlgan ushbu mahalla hududida Amudaryo muhandislik texnikumi, maktablar, maktabgacha taʼlim tashkiloti va boshqada ijtimoiy soha obʼektlari, savdo doʻkonlari va umumiy ovqatlanish shoxobchalari joylashgan. Hozirgi kunda mahalladagi hokim yordamchisi Murodjon Qoʻchqorov tomonidan hududda salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda va yanada rivojlantirilib, Yangiobod fayzli goʻshaga aylantirilmoqda.

Murodjon lavozimga kirishgan kunidan boshlab, ishni avvalo ushbu mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi vazifasida faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan hamkorlikda kerakli rejalarni belgilab olishdan boshladi. Shundan keyin uyma-uy yurgan holda hududda yashovchi har bir oilani xatlovdan oʻtkazib, ishsiz aholi roʻyxatini shakllantirdi, mutasaddi tashkilot xodimlarini jalb etgan holda hududdagi mavjud boʻsh turgan binolar va yerlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga aniqlik kiritib, chuqur oʻrganishlar oʻtkazdi. Ulardan oqilona foydalanish maqsadida tuman hokimligi mutasaddilari ishtirokida hamda xususiy sektor rahbarlarining istiqbolli biznes rejalariga koʻra ishsiz aholiga tanlov asosida olib berish ishlarini yoʻlga qoʻydi.

Oʻtkazilgan xatlov natijasida xonadonlar daromadi kam, qoʻshimcha daromad olish istagidagi, doimiy daromadga ega, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan, nogironligi bor, iqtisodiy ahvoli yaxshi, oʻziga toʻq oilalar kabi toifalarga ajratib olindi. Shunga asosan aholi daromadini oshirish borasida bir qator amaliy ishlar yoʻlga qoʻyildi.

Jumladan, mahallada oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish istagidagi fuqarolarga kredit mablagʻlari ajratilishida koʻmaklashildi. Ayrimlariga dehqonchilik qilishlari uchun yer maydonlari ajratildi. Ishsiz ayol-qizlar tikuvchilik, qandolatchilik va tadbirkorlik kasblariga oʻqitildi.

– Mahallamizning asosiy drayveri xizmat koʻrsatish va savdo, qoʻshimcha oʻsish nuqtalari tomorqa yerlariga issiqxona qurish, parrandachilik va chorvachilik boʻlib, hududni rivojlantirish dasturini ana shu drayverlar asosida tuzib chiqqanmiz, – deydi hokim yordamchisi Murodjon Qoʻchqorov. – Hozirgi kunda Gulimbat Ahmedov boshqarayotgan “Ermonov Urozboy”, Mansur Yaxshimov raislik qilayotgan “Qurolboy Ollomovich”, Shirin Yusupova rahbarligidagi “Bogʻi Shamol” fermer xoʻjaliklariga 10dan ortiq oilalar biriktirilib, ish bilan band qilindi. Ayrim oilalarning xonadonlaridagi tomorqalarida issiqxonalar tashkil etishiga koʻmaklashilib, daromad topishlariga imkoniyat yaratildi.

Murodjon 2004-yilda Qoraqalpoq davlat universitetini tugatib, iqtisodiyotda axborotlar tizimi mutaxassisligiga ega boʻldi. 2004-2006-yillarda “Oʻzbekiston pochtasi” aktsiyadorlik jamiyati Qoraqalpogʻiston filiali Mangʻit pochta aloqa tarmogʻi kuzatuvchisi, 2007-yildan 2022-yilgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Gʻaznachilik boshqarmasining Amudaryo tumani boʻyicha gʻaznachilik boʻlinmasi yuridik majburiyatlar va baholarni roʻyxatga olish guruhi bosh iqtisodchisi, shu guruh rahbari, gʻaznachilik operatsiyalarni nazorat qilish boʻyicha bosh mutaxassisi, gʻaznachilik boʻlinmasi boshligʻi oʻrinbosari, gʻaznachilik boʻlinmasi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi, gʻaznachilik boʻlinmasi boshligʻi kabi lavozimlarda fidoyilik bilan xizmat qildi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyati yoʻlga qoʻyilganidan keyin Murodjon 2022-yildan Yangiobod mahallasida ushbu lavozimda ish boshladi va oʻtgan davrlar mobaynida oilalar ahvolini oʻrganib, tegishli tartibda choralar koʻrdi, oilalarning iqtisodiy ahvoli yaxshilanishiga oʻz hissasini qoʻshdi. 

Oʻtgan 2023-yil davomida ham qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 9 nafar fuqaroga subsidiya berildi, 81 nafar fuqaroga 1 mlrd. 038 mln. soʻmlik kreditlar ajratildi, 112 nafar fuqaroning oʻz-oʻzini band qilishiga koʻmaklashildi. Shuningdek, 12 ta yuridik va 8 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subʼektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilib, 5 nafar tadbirkorga faoliyatlarini kengaytirishlariga koʻmaklashish uchun 213 mln. soʻmlik kreditlar ajratildi.

– “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turardim, – deydi shu mahallada yashovchi Gulnoza Abdullayeva. – Yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, tikuvchilik boʻyicha oʻquv kursini tamomladim, lekin tikuv mashinam yoʻq edi. Hokim yordamchisining tavsiyasi bilan subsidiya asosida tikuv mashinasi ham berildi. Hozir yosh bolam boʻlgani sababli uyda oʻtirgan holda buyurtmaga qarab, har xil turdagi koʻylaklarni tikyapman. Buning uchun mahallamiz masʼullaridan, Yurtboshimizdan minnatdorman.

– Mahallamizda hokim yordamchisining koʻmagi bilan oʻzini oʻzi band qilib, daromad topayotganlar soni ortmoqda, – deydi Shahlo Qodirova. – Men ham juda qiziqqanim sababli ayollar sartaroshligi boʻyicha hunar oʻrgandim va hokim yordamchisining koʻmagi bilan kredit oldim. Ushbu kredit mablagʻlariga goʻzallik salonida foydalaniladigan kerakli asbob-uskunalarni oldim. Hozirgi kunda tumanimiz markazida salon ochib, xotin-qizlarga xizmat koʻrsatyapman. Eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan juda minnatdorman.

Mahalla fuqarolaridan Ikrom Ernazarov esa hokim yordamchisi koʻmagida olgan kredit mablagʻi hisobidan oʻz xonadoni tomorqasidagi issiqxonasini kengaytirdi va yanada koʻproq daromad topa boshladi. Xususiy klinika tashkil etgan Ulugʻbek Abdurahmonov ham hokim yordamchisi koʻmagi bilan olingan kredit mablagʻlarini tibbiy jihozlar olishga sarfladi va elga tibbiy xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻydi. “Ibrohim duman kabob” MChJ rahbari Gʻofurjon Egamberganov kredit mablagʻlarini umumiy ovqatlanish shoxobchasini kengaytirishga sarf qildi. Yakka tadbirkor Ogʻabek Ahmadov oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etdi.

Mahallada masʼullar bilan hamkorlikda rejalashtirgan holda Prezidentimizning 2023-yil 30-mart kungi Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifidan soʻng berilgan tegishli topshiriqqa koʻra mahallalarga ajratiladigan 500 mln. soʻm mablagʻlarni ham maqsadli sarflashga alohida eʼtibor qaratildi. Ushbu mablagʻlar hisobidan Abdulla Avloniy nomidagi koʻcha aholisini koʻpdan beri qiynab kelayotgan elektr taʼminoti muammosi hal etilib, koʻchaga beton simyogʻoch va SIP kabel tortildi. Mahalla hududidagi 40-sonli maktabga boruvchi piyodalar yoʻlagi qurildi. Ayni paytda “Amudaryo” koʻchasida joylashgan bolalar maydonchasi taʼmirlanmoqda.

Hokim yordamchisi Murodjon Qoʻchqorovning kelgusida mahalla iqtisodini rivojlantirishga doir rejalari koʻp. U mahalla hududidagi aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan bandlik masalasi, tadbirkorlikni rivojlantirish va shu orqali kambagʻallikni qisqartirish bilan bogʻliq ijtimoiy muammolarga yechim topishga harakat qilmoqda. Murodjonning barcha saʼy-harakatlari, amalga oshirayotgan xayrli ishlari odamlarni daromadli qilish, bandligini taʼminlashga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir. 

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026