Ustoz xotirasi hamişa qalbimizda
Qalbingizda xotira uyğonar ekan, öz-özidan soğinç tuyasiz. Ayniqsa yöqotgan insonlaringizni soğinganingiz sari xotirotning olis-yaqin manzaralari şuuringizda rangsiz suratlarda jonlanaveradi. Bu manzaralar rangsiz bölsa-da sizga eng yaxşi, eng sokin, eng baxtli damlarni, sözlarni, voqea-holatlarni tortiq etadi. Turmuş taşvişlari, yugur-yugurlar bilan çarçagan borliğingizda bir lahza yengillik tuyasiz. Şunda mangulik sari yöl olgan yaqinlaringiz sizning qalbingizda mudom yaşayotganini his qilasiz…
Bugun men ham qalbimizning bir burçagida yaşayotgan, hali tuproği sovişga ham ulgurmagan, ammo, vujudimizni tilka-pora qilayotgan soğinçimizga sabab bölayotga ustozimiz Qahramon Nurumbetovni eslaşga, xotiramdagi u haqdagi rangin tuyğularni qoğozga tuşirişga harakat qildim.
Ilk işimni ustozga iş faoliyatida eng yaqin bölgan, yaxşi-yomon kunida hamfikr, hamsuhbat bölgan inson, yaʼni öquv işlari böyiça direktor örinbosari Sarvar Qutlimuratov bilan suhbatdan boşladim.
– Özbek xalqi qadimdan mehribon, bir-biriga oqibatli, bağrikeng xalq. Xalqimiz insonni qadrlaydi, bizda inson xotirasi uluğdir. Amudaryo tumani maktabgaça va maktab taʼlimiga qaraşli 36-sonli umumiy örta taʼlim maktabi direktori, zabardast çinori bölgan marhum ustoz, ilm-maʼrifatli, kamtar inson Qahramon Nurumbetov hamişa ezgu fazilatlari bilan boşqalarga ibrat bölib kelgan. U şunday inson böldiki, uni bilganlar faqat mehr, hurmat, extirom va minnatdorçilik tuyğulari bilan esga oladilar. Özining qisqa umrini yoşlarning taʼlim-tarbiyasiga bağişlagan jonkuyar rahbar, ustoz, mohir pedagog va kamtarin, inson Qaxromon Jumamuratoviç Nurimbetov ana şunday maʼrifatli insonlardan biri edi, –deya xotiraydi Sarvar aka Qutlimuratov.
Qahramon Jumamuratoviç Nurimbetov 1971-yilning 27-iyulida Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tumanining Manğit şahrida ziyoli öqituvçilar oilasida tuğilgan.
Tabiatan tirişqoq, talabçan, abjir, hozirjavob ösmir barça fanlarni qunt va taşnalik bilan örgangan. U 1999-yilda Mirzo Uluğbek nomidagi Toşkent Davlat universitetini (sirtqi) rus tili va adabiyoti öqituvçisi mutaxasisligi böyiça tugatgan.
2009-2013-yillari 36-sonli umumiy örta taʼlim maktabining rus tili fani öqituvçisi, 2013-2017-yillari maktab direktorining öquv işlari böyiça örinbosari, 2017-yildan to 2023-yil 28-sentyabr kunigaça – umrining oxiriga qadar şu maktab direktori lavozimida işlagan
U qisqa umri, samarador mehnat faoliyati davomida özining bilim saviyasi, qobiliyatini iş jarayoniga tatbiq qila biluvçi fidoiy rahbar sifatida özini namoyon qildi. Mehnat jamoasi örtasida yuksak obrö-eʼtiborga ega bölgan rahbarimiz qöl ostida yoş avlodga davlat taʼlim standartlari va yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida taʼlim-tarbiya berildi.
Uning taşabbusi bilan maktabda öquvçilarning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş maqsadida sport va turli xil fan tögaraklari faoliyati yaxşi yölga qöyilib, turli tadbirlar taşkil qilindi.
Qahramon Nurimbetov maktabga rahbarlik qilgan davrda maktab öquvçilari “Bilimlar bellaşuvi” va “Fanlar olimpiadasi”ning tuman bosiqiçida faxrli örinlarni egalladi, Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida ham munosib qatnaşib, maktab obrösini kötarişdi.
Ustozning uluğ niyatlari va orzulari bugun u kişining munosib şogirdlari tomonidan amalga oşirilmoqda. Şunday şogirdlari qatorida men ham borligimdan faxrlanaman.
Ha, men ham ustozning haqiqiy şogirdlaridan biriman. Sababi, 36-sonli maktabda tahsil olganman. Biz 7-sinfda öqib yurgan vatimizda Qahramon ustoz bizning maktabga keldilar va biz şogirdlariga ilmu-maʼrifat ulaşişni boşladilar.
Ustoz bizdan heç qaçon vaqtlarini ayamas, maslahatlarini kanda qilmasdilar. Ilk bora işga kelgan kunim Qahramon ustoz menga hayratda qolib “Umr – oqar daryo... Keçagini öz öquvçim bölib yurgan beğubor qiz bugun oliy maʼlumotli pedagog bölib, oldimda turibdi” – degani heç esimdan çiqmaydi.
Ustoz bilan 5-yil birgalikda faoliyat yuritdim. Bu juda oz fursat, ammo men şu qisqa vaqt içida ustoz tabiatida juda köp ijobiy xislatlarni kördim: insoniylik, bağrikenglik, yumşoq feʼllik, şirin sözlik, xullas, sanasam adoğiga yetib bölmaydi...
Ustoz tom maʼnoda havasga loyiq hayot keçirdilar. Obrö, martaba, boylik va haşam ortidan quvmadi. Talaşgani-tortişgani faqat haq söz va haq yöl böldi. Baʼzida keskin sözi ila, baʼzan şogirdlar vajidan kimlar bilandir yaxşi-yomon munosabatda böldi, ammo özi uçun heç kimdan heç nima tilanmadi.
Ustoz haqida şeʼr yozişga ham harakat qildim, ammo uddalay olmadim. Söngra ijtimoiy tarmoqlardagi bir kanalda Jaloliddin Toşimov ismli yoş isteʼdodli talaba öz şeʼrlarini eʼlon qilib borayotganini bilib, şu yigitdan ustozim haqida şeʼr yozib berişni iltimos qildim. Uning ijod mahsuli ajoyib satrlarga boy bölgani uçun uni ham sizlar bilan baham körmoqçiman:
Yiğlamang, közlarda körinmasin yoş,
Egilib sinmasin mağrur turgan boş.
Xudodan sörayman Manğitga bardoş,
Ilm rahnamosi – jannatga yöldoş.
Yiğlamang duoga oçing qöllarni,
Behiştga bursin-da borar yöllarni.
Yaşnatib yuborsin öşa çöllarni,
Ilm rahnamosi – jannatga yöldoş.
Yiğlamang taqdirning yozgani şudir,
Hattoki jim turdi sahroi kabir,
Yo Robbim özingdan söraymiz sabr,
Ilm rahnamosi – jannatga yöldoş.
Yiğlamang, Manğitning öçmas çiroği,
Yuraklar törida yaşaysiz doim.
Siz bugun qahramon, biling ey ustoz,
Jannatni muyassar etsin Xudoyim!
Maqsud Şayxzodaning “Umrlar böladiki, tirigida ölikdir. Umrlar böladiki, ölganda ham tirikdir” misralari bor. Bizning Qahramon ustozimiz ham özidan yaxşi xotiralar, yaxşiliklar qoldirdilar. Şunday ekan, ustoz barçamizning qalbimizda mangu qoladilar. Allohim ustozimizni Jannat bilan siylasin!
Muhayyo Karimova, şu maktabning ona tili va adabiyot öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶