Otalar yodi – avlodlar ehtiromi
Bolaligimda otamning yonlarida yurib, unga har xil savollar berardim.
– Ota, barmoğingizning yarmi nega yöq?
– Uruşda qolib ketgan.
– Ota, köksingiz neçun öyiq?
– Öq teşgan.
Haqiqatdan ham köksining ikki tarafida çuqur bor edi. Men u yerga goho qöllarimni tekkizib körardim.
– Öq nega öygan?
– Vatan uçun köksimni qalqon qildim, duşman öqi köksimni teşib ötolmadi.
– Ota, tovoningizdagi öq hali turibdimi? Qani bir köray, – deb körardim. U öq emas, snaryad parçasi edi. U tovoni tagida qizğiş-qoramtir bölib körinib turardi.
Dahşatli janglarning birida u snaryad portlaşi tagida qolib ketgan, lekin ölmagan. Ön beş kun huşsiz, gospitalda yotgan. Huşiga kelgaç, qimir etolmagan, qoronğilik, jim-jitlikni his etgan. Hatto u: “meni öldi, deb kömib ketibdilar-da”, degan xayolga ham borgan. Çunki uning aʼzoyi badani muzdek bölib, muzdek yerda yotardi. Bir mahal yonida qandaydir oq şarpalar ham yurgandek bölgan. Olislardan esa jang ovozlari ham eşitilgan. “Qiziq, odamzot ölsa ham hamma narsadan xabardor bölarkan”, deya öylay boşlagan.
Şu payt doktor uning öziga kelganini bilib, çiroqni yoqqan va yoniga kelib “Uyğondingmi, soldat?” deganlar. Lekin otam gapira olmaganlar.
– Doktorning barça harakatlarini körardim, gaplarini ham eşitardim-u lekin gapira olmasdim, – deb hikoya qilardilar otam.
Öşanda otamning tanasidan öttiz ikkita snaryad bölakçasini olib taşlaşgan. Butun tanasi ilma-teşik bölib ketgan. Köksi öşanda öyilgan, tovonidagi snaryad parçasi ham öşanda qolib ketgan. Buni otamning uruş xotiralari orqali bilardim. Çunki otam ahyon-ahyonda bizga, baʼzan döstlariga ham bu haqda gapirib berardilar.
Bir kuni otamning yoniga bir yarador askarni olib kelişgan. Doktorlar u bilan sözlaşmoqçi bölişgan, lekin heç sözlaşa olmaganlar, çunki bir-birlarining sözlariga tuşunişmabdi. Yarador askar turkman bölganidan otam uning nima deyayotganini aytib berganlarida ular hayron bölib:
– Nima, sen uning tilini bilasanmi?! – deyişgan.
– Ha, u turkman millatidan.
– Turkman tilini ham bilasanmi?! – yana hayratlanişgan.
– Unday bölsa, biz bilan yur, – deb boşqa bölmadagi yarador askar yoniga olib borişgan. Borişsa, bir ozarbayjon yigiti ingranib yotibdi. U bilan sözlaşib, doktorlarga dardini tuşuntirganida barçasi xursand bölişgan. Ular otamning rus, özbek, turkman, ozarbayjon tillarida erkin sözlaşa olganidan hayratda edilar. Şundan söng, otamga ular özgaça nazar bilan qaray boşlaşadi. Otam ularga bu tillar bir-biriga yaqin ekanligini aytganida: “axir har biri boşqa-boşqa tillar-ku”, – deya ajablanişgan.
Uruş körgan otamning hikoyalari hisobsiz edi. Men ularni tinglaganim sari qalbimda uruşga nisbatan çeksiz nafrat uyğonardi.
Otam juda matonatli, töğrisöz, öta kitobxon inson edilar. U rus, özbek, qozoq, qirğiz, turkman, ozarbayjon, tatar yozuvçilarining asarlarini asliça öqir edilar. Sobiq SSSR davlatining turli burçaklarida quroldoş döstlari bor edi. Ular haqida tölib-toşib sözlardilar, xatlar yozişib turardilar. Bugun esa ana şu matonatli insondan özi hayotligida sözlab bergan hikoyalari, jangovar xotiralar qoldi, xolos...
Gavharoy XUDOYoROVA,
29-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶