25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 18:15
Jamiyat 👁 632

Mediatsiya – bu nizoning hamkorlikka aylanishi

Mediatsiya – bu nizoning hamkorlikka aylanishi

Har qanday mamlakatning demokratik rivojlanganligi darajasi albatta ushbu mamlakatda inson huquq va erkinliklarining taʼminlanganlik darajasi bilan chambarchas bogʻliqdir.

Mamlakatda inson huquq va erkinliklarini taʼminlashni esa mukammal ishlab chiqilgan normativ huquqiy baza va sud-huquq tizimisiz tasavvur qilish qiyin.

Mamlakatimizda istiqlol yillarida bu borada juda salmoqli ishlar amalga oshirildi va davom ettirilmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq islohotlarning eng muhim yoʻnalishlaridan biri, bu – qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iborat boʻldi.

Bu boradagi ishlardan mamlakatni demokratlashtirish va sud-huquq tizimidagi islohotlarni yana bir qadam olgʻa ilgarilatishga turtki boʻlgan mamlakatimiz birinchi prezidenti I.A.Karimovning Oʻzbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrdagi qoʻshma majlisida ilgari surgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi»ni alohida atab oʻtish joiz.

Ushbu Kontseptsiyaga asos davlat boshqaruvini demokratlashtirish va sud-huquq tizimini liberallashtirishga qaratilgan 50 dan ziyod qonunchilik tashabbuslari ilgari surilib, bugungi kunga kelib ushbu tashabbuslarning deyarli barchasi hayotimizga tatbiq etilgan.

Mamlakatimizda bugungi kunda sud-huquq tizimidagi islohotlar dunyoda tezkorlik bilan roʻy berayotgan oʻzgarishlarni hisobga olgan holda davom ettirilmoqda.

Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyovning 2016-yil 21-oktyabrdagi «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni ushbu islohotlarning mantiqiy davomi boʻldi.

Ushbu Farmonga ilova bilan «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar» Dasturi tasdiqlandi.

Dasturga muvofiq Inson huquq va erkinliklarini himoya qilish tizimini izchil takomillashtirish va mustahkamlash maqsadida umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar asosida bir qator alohida qonunlar, shu jumladan «Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi, «Mediatsiya toʻgʻrisida»gi, «Maʼmuriy sudlov ishlarini yuritish toʻgʻrisida»gi qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilish nazarda tutilgan edi.

Ushbu qonun loyihalaridan «Mediatsiya toʻgʻrisida»gi qonun suddan tashqari fuqarolik va iqtisodiy nizolarini tartibga solishning asosiy tushunchalari, maqsadlari, vazifalari, mexanizmlarini belgilab berishga qaratilgandir.

Prezidentimiz Farmonida nazarda tutilgan mazkur qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 12-iyunda qabul qilinib, Senat tomonidan 2018-yil 28-iyunda maʼqullanib, Prezidentimiz tomonidan 2018-yil 3-iyul sanasida imzolanib, 2019-yil 1-yanvardan kuchga kirdi.

Mediatsiya instituti tarixiga nazar soladigan boʻlsak mutaxassislar fikricha ushbu tushuncha inson jamiyatida nizo qachon paydo boʻlgan boʻlsa mediatsiya ham boʻlgan. Tarixdan maʼlum fuqarolar nizolashayotgan taraflar oʻrtasida soʻzlashuvlar olib borishga, betaraf (neytral) shaxs ishtirokida nizoni hal qilishga koʻpincha murojaat qilishgan. Insoniyat jamiyati rivojlanishining har qanday bosqichlarida mediatsiya usullari har xil shakllarda namoyon boʻlgan boʻlsa da, uning asosiy maqsadi – taraflarni mustaqil taraf ishtirokida yarashtirish oʻzgarmagan.

Tarixdan maʼlum boʻlishicha nizolarni hal qilishning yarashtiruv usullari ibtidoiy jamoa davridan beri qoʻllanib kelingan. Olimlar fikriga koʻra nizoli vaziyatlarni hal qilish uchun uchinchi mustaqil (neytral) tomonni jalb qilish zarurligi eng avvalo bu tirik qolish niyati bilan bogʻliq (ayrim shaxs yoki guruhlar). Ushbu yarashtiruv usullarini birinchilardan boʻlib qoʻllaganlar bu ibtidoiy qabilalarda qabila boshliqlar boʻldi. Ular shu yoʻl bilan jami qabilaning qirilib ketishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan zoʻravonliklarni toʻxtatib qolishgan.

Ushbu usulni qoʻllash Finikiya va Vavilon savdogarlari oʻrtasida rivojlangan boʻlgan. Qadimiy Gretsiyada vositachilarni qoʻllash amaliyoti mavjud boʻlgan (proxenetas). Pim huquqi ham Yustinian kodeksidan boshlab (530—533 b. e.), vositachilikni tan olgan. Pimliklar «vositachi» tushunchasini belgilash uchun har xil terminlardan foydalangan — «internuncius», «medium», «intercessor», «philantropus», «interpolator», «conciliator», «interlocutor», «interpres», va nihoyat«mediator».

Mediatsiya oʻzining zamonaviy tushunchasida 20 asrning ikkinchi yarmidan, dastlab anglo-sakson huquqi davlatlarida - AQSh, Avstraliya, Buyuk britaniyada rivojlana boshlagan va keyinchalik Yevropaga tarqala boshlagan. Mediatsiyani qoʻllash boʻyicha dastlabki urinishlar odatda, oilaviy nizolarni hal qilishga tegishli. Keyinchalik, mediatsiya mahalliy jamoalar oʻrtasidagi nizolardan tortib, tijorat va ommaviy sohalardagi koʻp qirrali boʻlgan nizolarni hal qilishda ham oʻz oʻrnini topdi.

Mediatsiya instituti bugungi kunga kelib dunyoning AQSh, Germaniya, Buyuk britaniya, Avstriya, Yaponiya, Xitoy, Gonkong, Koreya, Indiya va boshqalar kabi koʻpgina mamlakatlarida tashkil etilgan va muvaffaqiyatli amal qilmoqda. Shu bilan birga bir qator davlatlarda mediatsiyaning zarurligi shu darajaga borib yetdiki, uni qonunchilik darajasida tartibga solish maqsadga muvofiq, ayrim hollarda esa zarur deb topildi.

Shundan kelib chiqib, va ushbu institutning ahamiyatini hisobga olgan holda 2002-yil 24-iyunda BMTning Xalqaro savdo huquqi boʻyicha komissiya­si (Yunsitral) tomonidan «Xalqaro ti­jorat kelishtiruv protsedura­si haqida»gi (ayrim manbalarda uning nomi «Xalqaro savdo arbitraji haqida» deb berilgan) namunaviy qonun qabul qilingan. Kelishtiruv protse­du­ra­lariga oid tavsiyaviy xarak­terga ega boʻlgan ushbu qonunning tushuntirish xatida, ushbu institut oʻzining qoʻllanilishini topgan davlatlardagi mediatsiya jarayonlarida erishilgan kelishuvlarning yuridik natijadorligi va majburiyligi yuzasidan tahlil (obzor)lar ishlab chilgan.

Bundan tashqari, hozirgi kunda 2008-yil 21-mayda Yevropa parlamenti va Yevropa Ittifoqi Kengashi tomonidan qabul qilingan «Fuqarolik va tijorat ishlaridagi mediatsiyaning ayrim jihatlari haqida»gi direktiva,­ 2004-yil 2-iyunda qabul qilingan mediatorlar axloqi va muomalalarini oʻzida aks ettirgan Yevropa­ kodeksi mavjud.

Ushbu kodeks normalari asosan fu­qarolik va tijorat ishlari­ga oid mediatsiyaga moʻljallangan. Kodeksda mediatorni­ tayinlash tartibi, unga qoʻyiladigan talablar, ushbu fao­liyatda qoʻllanadigan tamo­yillar oʻz ifodasini topgan.

AQShda bugungi kunda mediatsiya toʻgʻrisida yaxlit qonun mavjud boʻlib, u bungacha AQShning har xil shtatlarida vositachilik faoliyatini tartibga solib kelgan, ilgaridan mavjud boʻlgan 2500 dan ziyod qonun-hujjatlarini jamlagan.­

Oʻzbekiston Pespublikasining Mediatsiya toʻgʻrisidagi Qonuni 4 bob, 34 ta moddalardan iborat.

Mazkur Qonunning 3-moddasiga koʻra, uning amal qilishi chet el amaliyotidan farqli oʻlaroq, faqat fuqarolik huquqiy munosabatlardan, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolarga, shuningdek yakka mehnat nizolariga va oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga mediatsiyani qoʻllash bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.

Ushbu Qonunning amal qilishi mediatsiyada ishtirok etmayotgan uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat manfaatlariga daxl qiladigan yoki daxl qilishi mumkin boʻlgan nizolarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, taraflar oʻrtasidagi nizolarning sudsiz, mediatsiya yordamida hal etilishi fuqarolik va iqtisodiy sohadagi ishlarni soddalashtirishda, fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlari oʻrtasidagi nizolarning oʻzaro munosabatlarini nizo sababli oʻzishga emas balki, davom etishiga xizmat qiladi deb ishonch bildirish mumkin.

Yerkin Uteniyazov, Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi raisi

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026