21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 20:33
Jamiyat 👁 301

EL XIZMATIDAGI AYoL

EL XIZMATIDAGI AYoL

Umr tezkor, ötkinçi, biroq şu davrda ham istagan kişi undan keragini oladi, deyişadi maşoyixlar.

Ha, har bir oilada turli-turli hayot tarzi hukmronligi ham şundandir, balki?

Bugun sizga halol mehnatlardan böy tiklagan yana bir obod, fayzli xonadon bekasi haqida söz yuritişga çoğlanarkanmiz, avvalo uni sizga ijodkor, deya taqdim etgim keldi. Boisi, uning  butun turmuş tarzida ijodkorning  yaxşilikka intilişi, çor-atrofini obod va gözal qilişga, özgalarga ham bu borada tarğibot olib borib, orqasidan ergaştirişga harakat qilişida bir ijodkor ayolning köngil keçinmalari aks etib turganday.

Zebo Rajabova 1960-yilning köklamida Manğit şahrining Navoiy nomli mahallasida dunyoga keldi. Örta maktabni tugatib, tuman statistika bölimida işladi. Uning maktabda öqib yurgan davrlarida yozgan şeʼrlari tumanimizning “Amudaryo haqiqati” gazetasi va respublika matbuotida tez-tez yoritilib turdi. Şu bois va kadrlar yetişmovçiligi sababli 1984-yilda uni “Amudaryo haqiqati” gazetasiga ijodiy xodim qilib işga qabul qilişdi.

U işimni eplay olayapman-ku, deb xotirjam bölmadi, oilali, farzandli bölsa-da öqib, ilm olişi zarurligini unutmadi. Şu tariqa qaynonasi Roziya ona va turmuş örtoği Şavkat Işniyozovlarning qöllab-quvvatlovi bilan Qoraqalpoq davlat universitetining filologiya fakultetiga öqişga kirdi va muvaffaqiyatli bitirib çiqdi.

Şu tariqa 1987-yildan 31-sonli maktabda, keyinçalik 8-sonli litsey-internatda öqituvçilik qildi, yoşlarga ona tilimiz va adabiyotdan saboq berdi. 2014-yilda yoşga doir nafaqaga çiqdi va ikki  yil oilasida nevaralari qurşovçida dam oldi. Aslida köngilda yaratiş, mehnat qiliş iştiyoqi sönmasa, pensiya yoşida ham odam özini namoyon etaverar ekan. Bunday deyişimning boisi bor. Zebo Rajabovani ham nafaqaga çiqqanidan ikki yil ötib, 2016-yilda Yangiobod mahalla fuqarolar yiğiniga rais qilib saylaşdi. 2019-yildagi mahalla, ovul fuqarolar yiğinlari raislari saylovida u ikkinçi bor şu lavozimga saylandi.

Zebo Rajabova har kuni ertalab iş faoliyatini mahalla köçalari böylab piyoda yurib, mahalladoşlari bilan hol-ahvol söraşişdan boşlaydi, hovlisi atrofini supurayotgan kelin-qizlarni uyning fayzi – orasta-ozodaligida, uyning ozodaligidan şu yerda yaşaydiganlarning kimligini biliş mumkin, deya alqaydi, yoş oilalarga, keksa, nogironlari bor oilalarga kirib, hol-ahvol sörab turişni kanda qilmaydi. U mahalla fuqarolar yiğini joylaşgan binoga kirib kelar ekan, yöli böyida uçragan muammolar ham doimo diqqat markazida böladi.

Yaqinda uni köpdan beri öylantirib kelayotgan muammo hal böldi. Amudaryo qişloq xöjalik kasb-hunar kolleji bilan tuman hokimligi binosi oraliğida Manğit-Kuyuk köpir yöli böyining Yangiobod mahallasi hududiga qaraşli şimoliy tarafi qarovsiz holda edi. Şu yerda köp qavatli uylarda yaşovçi aholi asosan bu yerga çorvasi uçun öt ekar, u ham qarovsiz qolib ketardi. Mahalla raisi suriştirib, bu hudud tuman Obodonlaştiriş boşqarmasi hisobida turişini  aniqlab, boşqarma boşliği bilan bamasalahat öşa yerni tekislab, arça köçatlari ötqazilişiga erişdi. Aholiga bu haqda tuşuntirildi, ular bu niyatni töğri qabul qilişdi.

Mahalla raisi to xizmat xonasiga yetib kelguniça neça odam neça xil murojaat bilan kelib turgan böladi. Ularning bari Zebo Rajabovaning köngliga yaqin, taşvişlari ham taniş odamlar. Axir qariyb 4-yildan beri mahallaning katta-yu kiçigi bilan quvonç-taşvişlarni birga baham körib, ular bilan qadrdon bölib qolgan. Rais iloji boriça ularning  murojaatlarini eʼtiborsiz qoldirmaslikka, ijobiy hal qilişga, yordamga muhtoj, qiyin vaziyatlarga tuşib qolgan oilalarni qöllab-quvvatlaşga intiladi. Baʼzan bu işlarga mahalla hududidagi tadbirkorlarni ham jalb qiladi.

– Hamma gap intilişda. Joni soğ odam harakat qilsa, xor bölmaydi, bizning yurtimizda, – deydi Zebo Rajabova.

Uning faoliyati, elda topgan obrö-eʼtibori haqida öylar ekanman, uni bugungiday darajaga yetkazgan ham uning harakatçanligi, intilişlari degan töxtamga kelaman.

Ha, Zebo Rajabova boşqalarga öxşab xizmat xonasida köp ötirmaydi, el oralaydi, muammolarni yöl-yölakay ham tinglab, yeçimiga yöl axtaraveradi, baholi qudrat hal etadi.

Ana şunday xizmatlari evaziga “Özbekiston Respublikasi mustaqilligiga 25-yil” kökrak nişoni, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Faxriy yorliği bilan mukofotlangan. 2019-yilda Qoraqalpoğiston Respublikasidagi ovul, mahalla fuqarolar yiğinlari oqsoqollari, mutaxassislari iştirokida ötkazilgan oilaviy ajraşişlarning oldini oliş borasidagi bilimlarini sinovdan ötkaziş maqsadida taʼsis etilgan inşolar tanlovida tumanda birinçi, Qoraqalpoğistonda uçinçi, şeʼrxonlik tanlovida tumanda birinçi, Qoraqalpoğistonda ikkinçi örinni egalladi. Mahallasida jinoyatçilik, huquqbuzarliklar sodir etilişining oldi olinişiga qöşgan hissasi uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi muvofiqlaştiruvçi Kengaş va tuman Içki işlar bölimining Faxriy yorliqlari, sovğalari bilan taqdirlandi.

– Mahalla fuqarolar yiğini raisi sifatidagi tört yillik faoliyatim avval jurnalist, öqituvçi bölib işlagan davrlarimdan ham köp izlar qoldirdi, hayotiy xulosalarim kengaydi, – deya hisoblaydi u. Ayniqsa, ilk bir yillik mahalladagi faoliyatim uçun tuman hokimining televizor sovğa qilgani, Möynoqda amudaryolik guruh tarkibida Prezidentimiz Ş.Mirziyoyev bilan yuzma-yuz körişib, muloqot qilganim menga özgaça kuç-quvvat berdi, – deya quvonadi, taassurotlarini aytib ado etolmaydi.

Zebo Rajabova oilaviy hayotda ham baxtiyor inson. Asli kino xizmati körsatiş xodimi bölgan Şavkat Işniyozov bilan ahil yaşab, bir qiz, bir öğilni voyaga yetkazişdi. Hozir qizi Barno 64-maktabda öqituvçi, öğli Farrux quriliş taşkilotida hisobçi. Kelin  ham oilaga munosib – kasb-korli. Ular hozir 5 nafar biri-biridan şirin nevaralarga bobo-buvi bölişgan. Uyda böş vaqtlari hovlisi atroflarini obodonlaştiriş, turli ekinlarni ekib parvarişlaş bilan şuğullanişadi. Hovlisi oldidagi tomorqasi çetlariga ekilgan uzumlar mevasi oilasiga bahorgaça yetar ekan. Hozir ilk köklam bölişiga qaramay, tomorqasida piyozlar kök solib turibdi. Ular allaqaçon köklamgi ekiş işlarini boşlab yuborişgan. Turli mevali daraxtlar hosil berib turgan bölsa-da köplik qilmaydi deb farzandlar, nevaralar kömagida bir neçta serhosil mevali daraxtlar, gul köçatlari ötqazişdi, kartoşka ekişdi.

– Yozga yetmay tomorqamizda pomidor, kartoşka, sabzi, bulğor qalampiri, bodring yetiladi. To keç kuzgaça bunday mahsulotlarni sotib olmaymiz, hatto sotamiz ham, – deydi Şavkat Işniyozov faxr bilan.

Garçi vazifasi masʼuliyatli, tiğiz bölsa-da Zebo Rajabova nevaralari bilan şuğullanişga ham, ularning uy vazifalarini bajarişiga kömaklaşişga ham, birga badiiy kitoblar öqişga ham vaqt topadi. Uy işlarida kelini Dildoraxonga kömakdoş. Ularning oilasida yana bir daromad manbai bor. Ellikdan ziyod tovuqlari, kurkalari bor. Ularga dondun berib parvarişlab, nevaralari bilan bölib, çarçoği yoziladi.

Hayot – yaşalgan kunlar emas, balki esda qolarli kunlardir, degan edi faylasuf Pavlenko.

Ha, inson hayotining qadri-qimmati ham ezgu işlar qilişda, xayrli amallarni bajarişda, el xizmatiga kamarbasta bölişda.

Şu maʼnoda olib qaraydigan bölsak, Zebo Rajabovaning faoliyati, mahalla hayoti obodligi, farovonligi, tinç-osoyiştaligi yölidagi  mehnatlari har qança tahsinlarga loyiqdir.

Uni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan qizğin qutlab, yana uzoq yillar el xizmatida yurişini tilab qolamiz.

Oygul RAJABOVA.
 

🎬 Videogalereya Barçasi →
«INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi ▶ «INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi 20.11.2026 Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi ▶ Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi 20.11.2026 Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda ▶ Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda 18.11.2026 BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026