HAP LAHZASI BIP YILGA APZIGULIK DAM BUGUN!
(Publitsistika)
Xotira – insoniyatning bebaho maʼnaviy davlatidir. Şu bilan birga xotira – xalqlarning salomatligi, ilm-maʼrifati, madaniyat tarzi, taraqqiyoti va kelajagini ham belgilovçi betimsol qadriyat ham. Çunki soğlom tafakkur egalarigina xalq va millat keçmişini davrdan-davrga olib ötadilar, ilm nuri ila ziynatlab, avlodlarga armuğon etadilar. Şuning uçun ham xotira – muqaddas tuyğu. Ana şu tuyğu bizga özlikni anglaşni örgatadi, öz özanimizda mustahkam yaşamoq ruhini singdiradi qalblarimizga.
Öz özanimizda mustahkam yaşamoq! Bu şunçaki, oddiy sözlar emas, balki millat va xalq qadr-qimmatini baland tutguvçi uluğ tuşunçadir. Uning zamirida xalq zakosi ila bunyod bölgan tengsiz, bebaho maʼnaviyat sarçaşmalari bor. Navröz – ana şunday serjilva, bebaho sarçaşma! Uning yoşi qança? Xalq hayotiga ajib tarovat baxş etgan lahzalari qay kundan boşlangan? Betakror jilvalari, bahoriy anʼanalari, ellarni, xalqlarni birlaştirguvçi qudrati qay mezonlardan kuç olgan? Bu haqda olim-u ulamolar, fazli buyuklar neça asrki, fikr aytib ötdilar va hamon aytmoqdalar.
Olim-u fuzalolar aytadilar:
– Navrözning yoşi ikki ming yildan ziyod...
Ahli fazllar, ulamo-yu karomlar deydilar:
– Navrözning yoşi Hazrati Odam ila tengdir...
Balki şundaydir. XXI asrga kelib, Navrözning yoşini ehtimoliy başorat qildilar:
– Navröz – 5000 yillik tarixga ega!
Ana, kördingizmi? Agar uşbu fikrlar tarixiy dalil bölsa, Navröz – Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, bizning xalqimiz uçun öta bebaho maʼnaviy davlat! Şuning uçun ham xalqimiz xotirasidagi bu buyuk maʼnaviy davlatni neça marta öçirmoqqa urinişlar besamar ketdi.
Tazyiqlar, taqiqlar – barçasi bekor,
Xotirada qoldi Navröz abadiy.
Har bahor kelganda takror-u takror,
Gullarga burkandi dala-daşt, vodiy.
Navröz bilan boğliq anʼana-yu urf-odatlarga neça bor “öt oçildi” – bu maʼnaviy yodgorliklar ölmadi. Bir hovuç mutaassiblar (ötgan asrning 1985-90-yillarida) Navrözni diniy bayram deb mahv etdilar, hatto uning nomini özgartirişga urindilar – Navröz köngillardan-köngillarga, xotiralardan-xotiralarga buyuk, bebaho davlat bölib köçaverdi. Zulmatlar bağrini yoritgan nur kabi eng çekka, körimsiz kulbalarga ham sizib kiraverdi. Navröz kirib borgan kulbalar dunyoday keng böldi, köngillar yaşnab, yaratiş işqiga töldi. Navröz haqida söz aytişdan tillar mahrum etilganda xalqning qölidagi sozlar sözladi. Bir sozki, uning ohangi ellardan-ellarga oqib boraverdi. Bu ohanglarga jör bölib, yanada jöşqin kuylar jarangi samolarni quçdi – Mustaqillik!
Moziylardan sado keldi: toğlar bizga padardur,
Momo Havo yangliğ aziz boğlar bizga modardur.
Quçoqlari gulzor Vatan – Zamin bizga poydordur,
Tohirlari jon saqlagan ul daryo-yu soylardur,
Istiqlolga payvand-u band, mangu navqiron Navröz!
Ana şunda Navrözona sözlardan tiyilib turgan tillar sözladi.
– Ehe-hey! Navröz keldi!
Navröz – mustaqillik bilan yana qayta tuğildi. Xuddi olovga taşlangan afsonaviy Qaqnus kabi! 5000 yillik bebaho maʼnaviy davlat istiqlol yurtiga ziynat bağişladi. Uni xalqdan, xalqni Navrözdan ayiriş mumkinmi? Aslo!
Xotiramda bolalikning ajib lahzalari böy tiklaydi: bolorlari mustahkam hovli, şoxlari samo bilan böylaşgan gujum, gujum şoxasiga osilgan halinçak. Sal narida yeröçoq tepasiga kigiz töşab, biqirlab qaynayotgan sumalakni kovlayotgan momolar – Karima enam, Ötabika, Guljon ammalar, Şukur momo, Pariza, Pabiğa, Xoljon momolar, keli tuygan kelinlarga kömakdoş navqiron yigitlar, oppoq soqolli bobolar bolalarga parvona, “hay-yu”lab halinçaklarni tebratadilar. Momolar ölan aytadi, kelinlar jör böladi. Tongda ahli ovul jam bölişib sumalakning ustini oçadilar. Eng avval oilasiga musibat yetganlar yöqlanadi, bemor insonlarga sumalaklar tortiq qilinadi...
Oradan yillar ötib ketdi. Kelinlar nuroniy momo, alp yigitlar bobo böldilar. Halinçakda uçgan bolalarning ham köpi nevara kördilar. Insonlarning qad-kelbati, turmuş tarzi özgardi, lekin Navrözona bebaho qadriyatlar hamon öşaöşa. Hamon ahli ovul jam bölib, bir-birini sumalakka çorlaydilar, yoşi uluğlar mehr bilan buğdoy ivitib, niş urgaç, kelinlar, alp yigitlar keli tuymoqqa şaylanadilar. Ölanlar aytiladi, rivoyatlar, Navrözona xotiralar tilga kiradi. Hamma quvongan, hammaning çehrasi gulgun. Örtada oqibat, samimiyat qulf uradi.
Yurtimizda Navröz har gal şunday sohir anʼanalari, quvonçlari bilan fayz-u barokat faslini – mehnat bayramini boşlab kelaveradi. Yilning boşqa fasllarida özgarişlarni kuzatiş öziga xos zavqli. Lekin Navrözning taşrifi tamoman özgaça: dehqonning qalbi dalasini qömsaydi. Bepoyon tutzorlar oralayotgan pillakorning közlarida kamalak ranglari jilvalanadi.
Voajab! Boğlarda boşlangan sabolar bazmiga köngillarning ne boğliqligi bor? Judayam borda! Gullar atridan mast köngilni diydor işqi mahv etadi bu damlar. Arazli qalblarda mehr uyğonadi, ellar, elatlar, millatlar bir-birlariga gul tutadilar Navrözda!
Neça kunki, azim Qiliçboydan Nazarxon-u Jumurtovgaça, Qangli-yu Qipçoqdan Bözyop ovullarigaça bepoyon dalalar bağrida, uyğonayotgan boğ-u roğlarda ajib tarovat hokim. Mehnat ayyomi boşlanayotir Amudaryoda! Axir Navröz keldi, ahli aşʼor öz sözini aytdi:
Har lahzasi bir yilga arzigulik dam bugun,
Döstlar, na xuş ayyom bu, Navrözi olam bugun!
Azim Qiliçboyning Toşqalʼa mahallasidan Manğitga enib kelgan Fotimajon enaning şijoatini köring:
– Toşqalʼada sumalak pişdi, tatib körçi, qaynoqqina!
Onaxonning qalbiday qaynoq sumalakning hididan dilim tozardi, tatib kördim, jismim quvvat oldi göyo.
– Tomorqada iş qizigan, bolalarga boşçi kerak, ketayin, – onaxon şiringina, yoqimligina duo qiladilar. – Kelgusi yil Navröziga ham omon yetaylik, el-yurt tinç bölsin!
Eʼzozdagi keksalari qalbiga şijoat solgan bebaho davlatim – Navrözim-yey! Bunçalar sevimli bölmasang, navqiron ayyom!
U inson qalbida gupirgan tuğyon,
Ona Yer köksiga soçilgan rizq, röz.
Yurak va Zaminni aylagan oşyon –
Xotira köşkida navqiron Navröz!
Yillar, zamonlar aylanaveradi. Avlodlar yangi, dunyoqaraşlar yangi bölaveradi. Lekin qadim va hamişa navqiron Navröz – yoşlik, şijoat, nasiba va rizq-röz, buyuk evrilişlar sari boşlovçi Yangi Kun bölib qolaveradi. Har gal Quyoş Hamal burjiga kirgan lahzalarda olam Navrözi Vatanga yaşil sepini yoyib, gul-u rayhonlar atrini taratib kelaveradi. Har gal yanada yaşargan olam Navrözi ziyobaxş nurlari ila qalblarga quvonç ulaşaveradi. Zotan, Navröz – xalqimiz, Yangi Özbekiston uçun hamişa Yangi kun – yanada uluğ rizq-röz, nasiba tomon oçilgan yöldir. Yangi kun muborak, azizlar!
Pobiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶