21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 10:15
Iqtisodiyot 👁 3,421

HAYoTGA AYLANGAN EZGU NIYaTLAR

HAYoTGA AYLANGAN EZGU NIYaTLAR

(Ocherk)

Xushxabarning qanoti bor, deganlari rost. "Tashabbus - 2014” koʻrik-tanlovining Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi nomidan ishtirok etgan yurtdoshimiz, "Amudaryo sohili” fermer xoʻjaligi rahbari Islom Matkarimovning "Oziq-ovqat sanoatidagi eng yaxshi yil tadbirkori” nominatsiyasi gʻolibi boʻlganligini eshitgan qarindoshlari, doʻst-yorlari chin dildan quvonishdi. Hatto notanish odamlar ham:

- Koʻrdingizmi, "Tashabbus”da bizning "Amudaryo sohili” gʻolib boʻldi! – deya faxrlanishdi, bir-birlarini muborakbod etishdi. Tahririyatda esa fermer xoʻjaligi faoliyati bilan tanishish, gʻolibni muborakbod etish mening zimmamga tushdi.

Islom Matkarimov bilan uchrashuvimizdan, xoʻjalik faoliyati bilan tanishuvimiz, yosh fermer tomonidan amalga oshirilgan keng qamrovli ishlar, istiqboli porloq rejalardan, toʻgʻrisi, dilimda havas va hayrat uygʻondi. Xayolimdan: "shu yoshgina yigit shuncha ishni qanday amalga oshirdi ekan?”, - degan bir savol kechdi.

- Siz hayron boʻlayotirsiz, - xuddi xayolimdagini oʻqiganday mamnun jilmaydi Islombek. – Toʻgʻri, fermer xoʻjaligini boshqarish oson emas. Bir vaqtning oʻzida davlat korxonasida ham ishlayman. Lekin bir narsani bilamanki, bir-birovga hurmat, ogʻizbirchilik boʻlsa, inson eng ogʻir muammolarni ham osongina hal eta oladi. Mening barcha ishlarimning, yutuqlarimning ilhomchisi muhtarama onajonimiz, aka-ukalarim – oilam. Agar men bagʻri quyoshday issiq oilam boʻlmaganida hech narsaga erishmagan boʻlardim.

Bagʻri quyoshday issiq oila. Uning sohibi, sohibasi kimlar ediki, oʻgʻil ularni quyoshga mengzadi. Shu quyosh tafti unga kuch-qudrat, aql-zakovat ato etganidan koʻngli togʻday yuksak, niyatlar ulugʻ, orzu-umidlari viqorli.

Islom Matkarimov ulgʻaygan oilada otaning oʻz oʻrni, shu moʻʼtabar zot tomonidan yaratilgan qonun-qoidalarga nisbatan hurmat va eʼtibor hamisha baland boʻlardi. Ismoil fermer – "Ismoil chorvador” deyishardi uning otasini. Ovul-elda Ismoil ogʻa bilan uning rafiqasi Rabigʻa muallimaning hurmati, obroʻsi baland edi. Biri ishbilarmon, tadbirkor inson, ibratli oila sohibi, biri ovul yoshlarining sevimli ustozi, eʼzozli xonadon bekasi, umrining 27-yilini yosh avlod tarbiyasiga bagʻishlagan moʻʼtabar inson boʻlganligi boisidan ehtiromga sazovor edilar. Ota-ona feʼlidagi odamiylik fazilatlari, el-yurtga qayishib, yaxshilik, ezgulik tomon intilib yashash xislatlari besh nafar oʻgʻil feʼlida mujassam boʻlib, bu oila arkonini yashnatib yubordi. Iqtisodi tamoman izdan chiqqan, deyarli talon-taroj boʻlib qolgan sobiq "Toʻlqin” xoʻjaligi hududida chorvachilik fermasini qayta tashkil etgan rahmatlik Ismoil ogʻa Matkarimov toʻlib-toshib ishlab yurganida toʻsatdan vafot etdi.

- Goʻyo hamma yoq huvillab qolganday, koʻnglimga qil sigʻmay qoldi, - mahzun xotirlaydi Rabigʻa opa Joʻlliboyeva umr yoʻldoshini. – Uning ezgu niyatlari koʻp edi. Yangi-yangi rejalarni tuzardi, ishonasizmi, 15-20-yil oldindan koʻra bilish, qatʼiy xulosalar chiqara olish qobiliyati bor edi otasining. "Hali shunday kun keladiki, - derdi kulib, oʻgʻillarimiz orqali ikkimiz mashhur boʻlib ketamiz. Oʻz bogʻlarimiz, meva-sabzavotni qayta ishlovchi korxonamiz, oʻz chorvamiz, baliqchilik, asalarichilik, pillachilik, gʻallachilik xoʻjaliklarimiz boʻladi!” – derdilar.

- Qoʻysangiz-chi, shuncha boylikni qayerdan olamiz? – deganman oʻshanda. – Endi bilsam, butun boyligimiz oʻgʻillarimiz ekan...

Xalqimiz tilida eʼzoz topgan: "Otaga qarab oʻgʻil oʻsar”, degan purmaʼno hikmat Ismoil ogʻa bilan Rabigʻa opalar qurgan ahil oilada oʻz takomiliga yetdi. Ota feʼlidagi jamiki ezgu fazilatlar besh oʻgʻil xulqini bezadi. Esini tanigan kunidan boshlab oilada halol mehnat, bir-birovga mehr-oqibat taʼlimini olgan farzandlarning barchasi oʻqimishli, tadbirkor, eng muhimi, oilaparvar insonlar boʻlib voyaga yetishdi.

- Mana bu uy-hovlini Ismoil ogʻangiz boshchiligida, butun oila jamligida qurganmiz, - keng va shinam, koʻcha yuzasidan boshlab dov-daraxtlarga burkangan xonadon ichkarisiga boshlarkan deydi mamnuniyat bilan Rabigʻa opa. – Oʻgʻillarimning barchasini, hozir esa nevaralarimni ham 5 yoshidan mehnat qilishga oʻrgatganmiz. Ismoil ogʻangiz ovozini koʻtarib urishmasdilar, soʻkmasdilar. Oʻgʻillarini yonlariga olib, "joʻra-joʻra” deb erkalatib ishga oʻrgatardilar. Har bir oʻgʻlimning oʻz ishi boʻlardi. Hozir ham shunday. Bizning oilada hech kim boʻsh oʻtirmaydi.

Maktab taʼlimidan boʻshagan oʻgʻillar uchun oilada Ismoil ogʻa boshchiligidagi tarbiyaviy soatlar boshlanardi. Shuning uchun ham Rabigʻa opa bilan Ismoil ogʻaning oʻgʻillari mustaqil hayotga qadam qoʻyganlarida oʻz kiyimlarini oʻzlari yuvib, toza kiyishdan tortib, tomorqa xoʻjaligini yuritish, chorva mollarini parvarishlash sirlarini oʻrgandilar, bogʻdorchilik, parrandachilik sohalarini puxta egallagan, mehnatkash, mehr-oqibatli insonlar sifatida shakllandilar. Ota-onalarining har bir qilgan ezgu niyatlarini oʻzlarining yaxshi xulqlari, fidoyi mehnatlari bilan ziynatladilar. Rahmatlik Ismoil ogʻa Matkarimovning niyatlari, orzulari mahsuli boʻlib "Toʻlqinli Ismoil chorvador” nomi bilan boshlangan xayrli ishlar "Amudaryo sohili" boʻlib bepoyon paxtazorlar, tutzor-u gʻallazorlarga, bogʻ-rogʻlarga, baliqlari suzib yurgan "Amu-Toʻlqin baligʻi" hovuzlariga, qatrasi dardga malham asalari uyalariga koʻchdi. Tadbirkor oʻgʻillar nomi mamlakatga tanildi.

Bugungi kunda katta oʻgʻil Shuhratjon yetuk iqtisodchi, tuman omuxta yem, shrot-sheluxa sotish birlashmasi boshligʻi, Toshkent iqtisodiyot universitetida tahsil olgan Qudratjon "Amu-Toʻlqin baligʻi” MChJ raisi, uchta oliy oʻquv yurtini tugatgan Ilhomjon Beruniy tuman DSI boshligʻi, Islombek esa "Mangʻit pochta” korxonasiga rahbarlik qilish bilan birga "Amudaryo sohili” fermer xoʻjaligi raisi.Kenja oʻgʻil Azamatjon Toshkent axborot texnologiyalari Universiteti talabasi. Aka-ukalarning barchasi tadbirkor, ishbilarmon. Otasi boshlagan ezgu ishni davom ettirib, deyarli tarqab ketgan chorvachilik fermasi negizida "Toʻlqinli Ismoil chorvador” chorvachilik fermasini qayta tashkil etgan Shuhratjon Matkarimovning, "Amu-Toʻlqin” baligʻi MChJ faoliyatini yoʻlga qoʻyib, eldan olqish olgan Qudratjonning, katta bir tumanning yirik iqtisodiy sohasini boshqarayotgan Ilhomjonning va bugun oʻz ishlari bilan butun Oʻzbekistonga tanilgan "Amudaryo sohili” fermer xoʻjaligi rahbari, "Tashabbus-2014” koʻrik-tanlovining "Oziq-ovqat sanoatidagi eng yaxshi yil tadbirkori” nominatsiyasi gʻolibi Islombekning yutuqlaridan faqat "Toʻlqin” ovuli ahligina emas, butun amudaryoliklar mamnun.

Asosiy faoliyati paxtachilik, gʻallachilik, sabzavot-poliz, kartoshka, don ekinlari, chorvachilik, asalarichilik, bogʻdorchilik va pillachilik boʻlgan "Amudaryo sohili” fermer xoʻjaligi tumandagi iqtisodi rivoj topgan koʻp tarmoqli xoʻjaliklardan biri sanaladi. Fermerlik faoliyatini 2011-yilda boshlagan Islombek Matkarimov ishni onasi va aka-ukalari bilan bamaslahat, aniq va puxta reja asosida tashkil etdi. Dastlab 89,7 gektar yerda dehqonchilik qilgan fermer qisqa vaqt ichida oʻz faoliyat koʻlamini kengaytirish hisobiga ekin maydonini 186,1 gektarga yetkazdi. Paxtachilik va gʻallachilikdan tashqari, bogʻdorchilik, baliqchilik va asalarchilik yoʻnalishlarini, chorvachilik fermasini tashkil etdi. 2012-yilda tijorat banki kredit mablagʻlari hisobidan 2210,5 mln. soʻmlik investitsiya kiritib, Gollandiya texnologiyasi asosida besh turdagi sut mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi. Buning natijasida fermer xoʻjaligida 51 ta ish oʻrinlari yaratilib, 31 nafar kollej bitiruvchilari doimiy ish bilan band boʻlishiga erishildi.

- Otam doimo har bir boshlagan xayrli ishing hisobidan ehtiyojmand odamlarga xayr-ehson qilishni unutmanglar, - derdilar bosiqlik bilan soʻzlaydi Islombek. – Endilikda onajonim maslahatlari bilan tez-tez xayr-ehson qilib turamiz.

"Amudaryo sohili” fermer xoʻjaligi hisobidan faqat 2012-2013-yillarda 30,6 million soʻmlik xayriya ishlari amalga oshirildi. Taʼlim muassasalariga sut va goʻsht, baliq mahsulotlarini xayriya qilgan Islombekning xizmatidan eldoshlari mamnun.

- Oʻgʻlimning rejalari katta, - deydi Rabigʻa opa mamnuniyat bilan. – Hali koʻrasiz, shunday bir kun keladiki, mening oʻgʻillarim Amudaryo elining nomini jahonga tanitadi.

Islombekning katta rejalari – ular farzandlaridan mamnun onaxonning ishonchlaridan qanotlangan ezgu rejalar edi nazarimda. Qarang, kelgusida mehnat unumdorligini oshirish evazigaqishloq xoʻjalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 500,0 million soʻmga yetkazish, oʻz mablagʻi hisobidan 50,0 million, bank kredit mablagʻlari hisobidan 150,0 million soʻm atrofida investitsiya mablagʻlarini jalb qilib, non mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, baliqchilik sohasini kengaytirib, baliq mahsulotlarini qayta ishlash korxonasini tashkil etish, xizmat koʻrsatish sohasida maishiy xizmat koʻrsatish majmuasini ishga tushirish va nihoyat "Amudaryo sohili” nomi bilan oʻz mahsulotlarini MDH davlatlariga eksport qilishga erishish.

- Ana shunda ishchilarimiz safi 65 nafarga yetadi, yangi ish oʻrinlari yaratiladi! - Oʻz rejalari haqida toʻlib-toshib soʻzlaydi Islombek. – 2014 yilda xayriya ishlarimiz ham koʻpayadi. Yil davomida 25 million soʻmlik xayriya ishlarini amalga oshirishni niyat qilganmiz.

Yaxshi niyat – u hammaning ham koʻnglidan kechib, hayotga aylanavermaydi. Albatta, har bir qilingan ezgu niyat samimiy boʻlsagina inson koʻngliga obodlik baxsh etadi. Shuning uchun: "niyating yoʻldoshing boʻlsin!”, - deya tilaklar qilinadi. Niyat koʻngilga tugilsa-yu, uni amalga oshirmoq uchun inson toza dil bilan, ixlos bilan intilmasa, koʻngilda tugun boʻlib qolaveradi. Shuning uchun har bir ezgu niyat dildagi samimiyat choʻgʻidan taft olib, hayotga aylanadi. Rabigʻa opaning oʻgʻillari qilgan yaxshi niyatlarda hamisha ana shunday samimiyat choʻgʻi bor, koʻngillarga xush keladigan taft - harorat bor. Shuning uchun ham hamqishloqlari bu oila farzandlariga havas qilsa ne ajab. Gulbahor, Miyvegul, Oygul, Yulduz ismli ismlari-jismlariga monand kelinlarning odob-u ikromlaridan, oʻzlariga yarashgan xulq-minazlaridan: "keling, uyga kiring, tuzimizdan totib keting”, - deya mulozamat koʻrsatib, xonadonga kelguvchi mehmonlarga evrilib turishlaridan koʻnglingiz yayrab ketadi. Havas qilasiz. Qoʻllariga mitti belkurakchalar olib enasi - Rabigʻa opa boshchiligida tomorqa yerida mehr bilan ishlayotgan bolajonlarni koʻrib, havasingiz hayratga aylanadi. Qarang-a, bu oilada bolalarga 5-6 yoshidan mehnat taʼlimi ham berilarkan, xonadon bogʻida har birining oʻz daraxti, oʻz gulzori bor. Tabiat neʼmatlariga ixlos, ona zaminga mehr uygʻotish darslari emasmi bu! Bu mehr bolajonlar bilan birga ulgʻayib, ona Vatan sarhadlarini quchmaydimi bir kuni! Oilaning 5 nafar tadbirkor oʻgʻillari izini bosishga, Vatan ravnaqiga, farovonligiga, obodligiga hissa qoʻshmoqqa, Vatanga munosib farzand boʻlmoqqa qoʻyilayotgan qutlugʻ qadamlar ham shu – "Amudaryo sohili”ning, ona Vatanning kelgusi vorislari!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026