TEZLIKNI MEʼYoRDAN OŞIRIŞ – BIR FUQARONING TAN JAROHATI OLIŞIGA SABAB BÖLDI
Yöl tasodiflarga töla deymiz-u aslida uşbu tasodiflar sababçisi odamlarning özlari ekanligini öylab ham körmaymiz. Ostona xatlab köçaga çiqqan odam xoh ulovda, xoh piyoda bölsin, yöl harakati qoidalariga amal qilsa, özining ham, özgalarning ham xavfsizligini qayğursa, ehtimol bu tasodiflar biroz kamayarmidi?
Afsuski, özimizda işlab çiqarilgan yangi rusumdagi avtomaşina egasi bölgan Anvar Tursunov (ism, familiya özgartirildi) bu haqda öylab ham körmadi, yangi maşinani yuqori tezlikda boşqarib borayotib, bir begunoh fuqaroni avtomaşinasining old tomoni bilan urib yubordi va yöl-transport hodisasini sodir qildi. Natijada öşa fuqaro tan jarohati olib, kasalxonada davolanişga majbur böldi.
Bu harakatlari bilan Anvar Tursunov Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabr kungi 370-son qarori bilan tasdiqlanib, 2016-yil 1-martdan amalga kiritilgan «Yöl harakati qoidalari»ning 11-bandining, 2-kiçik bandi, 77-bandi va uşbu bandning 3-qismi talablarini qöpol ravişda buzganlikda ayblandi. Hodisa jabrlanuvçisi oğir tan jarohati oldi. Uşbu holat yuzasidan tayinlangan sudga oid avtotexnika ekspertizasining 327-sonli xulosasiga köra, transport vositasini tormozlaş yöli bilan yöl-transport hodisasining oldini oliş texnik imkoniyati bölgan holda haydovçi bunga erişmagan. Natijada u Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvçi tariqasida işga jalb qilindi.
Yaqinda Anvar Tursunov qarşisiga qözğatilgan jinoyat işi u yaşaydigan mahalla fuqarolar yiğini maʼmuriy binosida yiğin masʼul xodimlari, aholi iştirokida Jinoyat işlari böyiça tuman sudining sud majlisida keng muhokama etildi.
Sud hayʼati gumon qilinuvçi va jabrlanuvçining, mahalla faollarining sözlarini eşitib, prokurorning fikrini tinglab, iş materiallari bilan çuqur tanişib çiqib, tomonlar tegişli tartibda yaraşganligi munosabati bilan işni harakatdan töxtatiş yuzasidan qaror qabul qildi. Bu – Anvar Tursunovga bir umrlik saboq böldi.
S.Davletmurodov, Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶