AYoL XOTIRJAM YaŞASA...
Jamiyatda xotin-qizlarning mavqeini yanada oşiriş, gender tengligini taʼminlaş, özlari qiziqqan sohalar böyiça şuğullanişlari uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş, qobiliyat va iqtidorlarini yuzaga çiqarişlari uçun kömaklaşiş orqali ularning faolligini oşiriş – bugungi kunda davlatimiz siyosatining eng ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan. Zero, ayol tinç, baxtiyor bölgan jamiyat ravnaq topadi, gullab-yaşnaydi.
Bizning Kuyuk köpir ovulimiz hududida 910 ta xonadon tarkibidagi 1021 ta oilada 5000 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Ularning hayotdan rozi yaşaşlari uçun zarur şart-şaroit va imkoniyatlar yaratiş, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini oşiriş, muammolarini hal etişga kömaklaşiş orqali bandligini taʼminlaş maqsadida keng qamrovli tuşuntiriş-tarğibot işlari olib borilmoqda.
Örganişlar natijasida 42 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga, 157 nafari “Yoşlar daftari”ga, 17 nafari esa “Temir daftar” röyxatiga kiritildi.
Olib borilgan amaliy işlar natijasida ijtimoiy himoyaga muhtoj 13 nafar xotin-qizning özini-özi band qiliş tamoyili asosida bandligi taʼminlandi.
Pandemiya davrida boquvçisini yöqotgan 3 nafar ayolga 1 boşdan qoramol berilib, 6 ta oiladagi kam taʼminlangan ayol-qizlarning daromadini oşiriş maqsadida davlat dasturida belgilangan ijtimoiy himoya mablağlari hisobidan subsidiya berilib, 1 sotixlik issiqxona qurib berildi. 17 nafar işsiz yoş xotin-qizlarga esa fermer xöjaliklari hisobidan 1 gektardan ekin maydonlari ajratib berildi. 3 nafar yoş ayol-qizlar esa jamoat işlariga jalb etildi.
Hududimizda yaşovçi xotin-qizlarning tadbirkorlik bilan şuğullanişlari, öz biznesini yölga qöyişlarini rağbatlantiriş maqsadida körgazmali öquv-seminarlar taşkil etilib, bank kreditlari olişlari, olingan pul mablağlaridan maqsadli foydalanişlariga qaratilgan tarğibot-tuşuntiriş işlarini amalga oşirmoqdamiz. Maqsadimiz, ovulimiz ayol-qizlarining hayotdan öz örinlarini topib, baxtiyor yaşaşlarini taʼminlaşdir.
Tumanimizning barça dilbar ayol-qizlarini, möʼtabar onaxonlarimizni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar ayyomi bilan tabriklayman va soğlik, xotirjamlik tilayman.
Tamara KARIMOVA,
Kuyuk köpir OFY raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶