21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 10:15
Siyosat 👁 2,363

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma uch yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma uch yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Shu kunlarda xalqimiz Vatanimizning shonli tarixidagi buyuk va oʻchmas sanani – Oʻzbekiston mustaqilligining 23 yilligini keng nishonlash uchun katta tayyorgarlik koʻrmoqda. Ana shu ulugʻ ayyomni munosib kutib olish va oʻtkazish maqsadida bugungi kunda olib borayotgan maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatimizning asosiy maʼno-mazmunini avvalo biz tanlagan taraqqiyot yoʻlining har tomonlama toʻgʻri va hayotiy yoʻl ekanini, yangi demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish borasida biz erishgan yutuq va marralarning mohiyati va ahamiyatini yurtimiz aholisi va jahon jamoatchiligiga yetkazish, ularning qadr-qimmatini chuqur anglash tashkil etishi darkor.
Shular qatorida Oʻzbekistonimiz barqaror surʼatlar bilan oʻsib borayotgani, qoʻlga kiritgan ulkan natijalarimizni butun dunyo tan olayotgani, mamlakatimizning xalqaro maydonda obroʻ-eʼtibori ortib, oʻziga munosib oʻrin egallab olayotganini keng yoritish, bu yutuqlarning asosiy omili va mezonini birinchi navbatda xalqimizning dunyoqarashi, odamlarimizning siyosiy ongi va tafakkuri oʻzgarib, fuqarolik faolligi tobora kuchayib borayotganida koʻrish, ushbu ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni har tomonlama asoslab berish va bir-biri bilan uzviy bogʻliq holda tahlil qilish oʻta muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidlash zarur.
Shu munosabat bilan:
1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma uch yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha Respublika komissiyasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Respublika komissiyasi bir hafta muddatda "Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, goʻzal Oʻzbekistonim!” degan ezgu gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-maʼnaviy hamda targʻibot-tashviqot ishlari dasturini ishlab chiqsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklariga, Xotin-qizlar qoʻmitasi, "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, "Nuroniy” va "Mahalla” jamgʻarmalariga Mustaqillik bayramining yigirma uch yilligini yuksak saviyada nishonlash uchun joylarda hududiy komissiyalar tuzish, Respublika dasturidan oʻrin oladigan tadbirlar rejasini ishlab chiqish topshirilsin.
3. Mazkur dasturni tuzishda quyidagi ustuvor yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratilsin:
tarixan qisqa davrda biz qanday ulkan rivojlanish yoʻlini bosib oʻtganimizni baholashda "Kim edigu kim boʻldik?” degan hayotiy haqiqatni asosiy va bosh gʻoya sifatida belgilash;
mamlakatimizning oʻtgan asr oxirida keskin ijtimoiy muammolar girdobiga tushib qolgan, aholining hayot darajasi boʻyicha sobiq SSSRda eng oxirgi oʻrinlardan birini egallagan, paxta yakkahokimligi halokatli tus olgan, iqtisodiyoti biryoqlama rivojlangan, qoloq agrar respublikadan bugungi kunda sanoati tez surʼatlar bilan oʻsib, iqtisodiy qudrati va salohiyati yuksalib borayotgan zamonaviy davlatga aylanganini ochib berish. Buning tasdigʻini mustaqillik yillarida Oʻzbekiston iqtisodiyoti 4,1 barobar, aholining yalpi real daromadlari jon boshiga 8,2 karra oshgani, keyingi 9-yil davomida mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning oʻsish surʼati 8 foizdan kam boʻlmasdan kelayotgani va boshqa shu kabi raqam va koʻrsatkichlar misolida qiyosiy tahlillar orqali koʻrsatish;
yurtimiz, shahar va qishloqlarimiz qiyofasi yildan-yilga ochilib, tobora obod va goʻzal boʻlib borayotgani, jumladan, aholimizning asosiy qismi yashaydigan qishloq joylarda munosib turmush sharoitini yaratish, namunaviy loyihalar asosida uy-joylar va infratuzilma tarmoqlarini barpo etish boʻyicha amalga oshirilayotgan dasturlarning ijtimoiy ahamiyatini yoritish;
hech shubhasiz, vaqt oʻtishi bilan tobora yorqin namoyon boʻlayotgan, biz birinchilar qatorida amalga oshirgan va davom ettirayotgan, dunyoda katta qiziqish uygʻotayotgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab taʼlimini rivojlantirish umummilliy dasturi, bir soʻz bilan aytganda, taʼlim-tarbiya sohasiga eng ustuvor ahamiyat berganimiz mamlakatimizning katta surʼatlar bilan barqaror rivoj topishida va yurtimizning dadil qadamlar bilan ilgarilab borishida mustahkam fundament yaratib berganiga alohida eʼtibor qaratish;
biz uchun oʻta muhim boʻlgan sogʻliqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, sport sohalarida qoʻlga kiritgan yutuq va marralarimizning hayotiy omillarini ochib berish;
mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab xotin-qizlarga doimiy eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish, ularning huquq va manfaatlarini taʼminlash, oila va jamiyat hayotidagi nufuzini oshirish, qobiliyat va isteʼdodini roʻyobga chiqarish, onalik va bolalikni himoya qilish, ayniqsa, qiz bolalarni zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallab, hayotda munosib oʻrin olishi uchun amalga oshirayotgan keng koʻlamli ishlarimizni hayotiy va taʼsirchan misollarda ifoda etish;
bugun biz boshimizdan kechirayotgan oʻta tahlikali va qaltis zamonda, yon-atrofimizda turli xavf-xatarlar kuchayib borayotgan bir sharoitda eng katta va bebaho boyligimiz boʻlgan tinchlik-osoyishtalikni koʻz qorachigʻidek saqlash, millatlar va fuqarolar oʻrtasidagi doʻstlik va hamjihatlik, oʻzaro hurmat va mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash, doimo hushyor va ogoh boʻlib, tinchlik uchun kurashib yashash hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini chuqur aks ettirish;
Oʻzbekistonning xalqaro maydonda olib borayotgan, yaqin va uzoq qoʻshnilarimiz bilan doʻstona aloqalar, oʻzaro hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan tashqi siyosatini, dunyoning turli mintaqalarida yuz berayotgan qarama-qarshilik va toʻqnashuvlarni faqatgina siyosiy muzokaralar, tinchlik yoʻli bilan hal etish boʻyicha yondashuv va qarashlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish;
yuqorida bayon etilgan beqiyos natijalar, Vatanimizning izchil va barqaror taraqqiyoti negizida turgan asosiy omil va mezonlarni ochib berish amalga oshiriladigan barcha axborot-informatsion ishlarimizda, maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv va muloqotlarda, jonli suhbatlarda katta oʻrin tutishi lozim. Ushbu qarorning kirish qismida qayd etilgan fikr va gʻoyalarni chuqur maʼnoli, shu bilan birga, sodda tilda yoritish, odamlarning qalbi va ongiga singdirish bu borada alohida ahamiyat kasb etishi tabiiydir.
Muxtasar aytganda, biz mustaqillik yillarida qanday ogʻir va mashaqqatli sinovlardan oʻtib, misli koʻrilmagan yutuqlarga erishgan boʻlsak, ularning barchasi zamirida faqatgina xalqimizning fidoyi mehnati, chidamliligi, olijanobligi va bagʻrikengligi, matonati va jasorati, ertangi kunga mustahkam ishonchi mujassam ekanini teran aks ettirish zarur.
4. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida Mustaqillik bayramiga bagʻishlab aholining keng qatlamlari oʻrtasida maʼrifiy uchrashuvlar, jonli muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniy tadbirlar oʻtkazish maqsadida taniqli olimlar, adiblar va sanʼatkorlardan iborat maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot guruhlari tashkil etilsin hamda ularning aniq reja asosida faoliyat olib borishi taʼminlansin.
5. Respublika komissiyasi oʻz yigʻilishlarida belgilangan chora-tadbirlar markazda va joylarda qanday amalga oshirilayotgani yuzasidan har bir hudud, vazirlik va idora rahbarlari hisobotini muntazam ravishda eshitib borsin.
6. Toshkent shahrida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda oʻtkaziladigan bayram dasturlarini tayyorlashga ommaviy tomoshalar boʻyicha yuksak mahorat va tajribaga ega boʻlgan mutaxassislar – stsenarist va rejissyorlar, yozuvchi va shoirlar, kompozitor va baletmeysterlar, sahna rassomlari, isteʼdodli yosh sanʼatkorlar vakillaridan iborat ijodiy guruhlar keng jalb etilsin.
7. Madaniyat va sport ishlari vazirligi "Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi Yozuvchilar va Bastakorlar uyushmalari bilan birgalikda yurtimiz istiqlolini tarannum etishga qaratilgan eng yaxshi qoʻshiqlar, musiqa asarlari uchun "Yagonasan, muqaddas Vatan!” anʼanaviy respublika tanlovining yakuniy bosqichini oʻtkazsin. Tanlov gʻoliblari va sovrindorlari Mustaqillik bayrami arafasida eʼlon qilinsin.
8. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Badiiy akademiya, "Tasviriy oyina” uyushmasi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan birgalikda avgust oyining oxirida "Eng ulugʻ, eng aziz”, "Vatan uchun yashaylik”, "Seni kuylaymiz, zamondosh”, "Ranglar jilosida – ona diyor” kabi koʻrik-tanlovlarni yuqori darajada oʻtkazishni taʼminlasin.
9. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkaziladigan bayram tadbirlari:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy byudjetlar hamda xayriya mablagʻlari hisobidan;
Toshkent shahrida respublika byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.
10. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, "Jahon” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mustaqillikning yigirma uch yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri,
2014-yil 1-iyul

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026